Iv bob. O‘yin texnikasiasoslari va uning tasnifi


O'ng UraMan Chap tai afiian



Yüklə 58,22 Kb.
səhifə4/31
tarix02.01.2022
ölçüsü58,22 Kb.
#41698
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
Untitled

O'ng UraMan Chap tai afiian


5-rasm. Raketkani ushlash variantlari:

o ‘ng tomondan zarba uchun; chap tomondan zarba uchun.


Raketkani ushlashning boshqa ko‘plab variantlari ham mav- jud, ammo yuqorida tasvirlangan universal usul asosiy hisoblanadi.



Voianni o‘yinga kiritish. Volanni o‘yinga kiritish bilan bogTiq texnik element oshirish deb nomlanadi. Volan qoidalarda koTsatilgan tartibda o‘yinga kiritilishi kerak. Ushbu qoidalarga ko‘ra, volanga zarba berilayotgan paytda raketka kallagining gardishi uni o‘yinga kiritayotgan sportchining belidan baland, raketkaning kallagi esa uning dastagidan balandda boTmasligi lozim. O‘yin davom etishi uchun volanga zarba berilgandan keyin u raqibning zarbasini qabul qilishning tegishli kvadratiga o‘tishi zarur (yakkalik va juftlik o‘yinlari uchun).

Volanni o‘yinga kiritish paytida uni quyidagi asosiy usullar bilan ushlab turish tavsiya etiladi:

  1. barmoqlar va volan o‘rtasidagi aloqa maydonini hamda uni noto‘g‘ri oshirish ehtimolini kamaytirish uchun bosh va ko‘rsatkich barmoqlar bilan volanning o‘yinchiga yaqin patli qismidan ushlanadi; bu usuldan volanga raketkaning yopiq tomoni bilan qisqa, yassi va baland-hujumkor zarba berishda foydalaniladi (6-a-rasm);

  2. bosh va koTsatkich barmoqlar bilan volanning patlari aylanasi bo‘ylab yoki boshchasiga yaqin ushlanadi; bu usul volanga raketkaning ochiq tomoni bilan yassi, baland-olis, baland-hujum- kor zarba berishda qoTlaniladi.

Badminton o‘yini qoidalariga koTa, volanni o‘yinga kiri- tishda quyidagilarga e’tibor qaratish kerak:

  • volanni oshirish boshlanishidan u tugallanguniga qadar zarba beruvchining ham, uni qabul qiluvchining ham oyoqlari hech boTmasa tovon yoki barmoq qismi bilan yerdan uzilmasligi va harakatsiz holatda boTishi kerak;

  • boshlangTch holatda zarba beruvchining raketkasi volan- ning boshchasiga tegib turishi zarur;

  • zarba berilayotgan paytda volan to‘lig‘icha badminton- chining belidan pastda boTishi lozim; bel deganda eng pastki qovurg‘a kesimida o‘tadigan tasawuriy chiziq tushuniladi;

  • volanga zarba berish paytida badmintonchining raketkasi sterjeni past tomonga egilib turgan boTishi kerak;

  • volanni oshirish boshlanishidan u tugallangunga qadar zarba beruvchining raketkasi faqat oldinga qarab harakatlanishi zarur.




Yüklə 58,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin