Iv bob. O‘yin texnikasiasoslari va uning tasnifi



Yüklə 58,22 Kb.
səhifə3/31
tarix02.01.2022
ölçüsü58,22 Kb.
#41698
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
Untitled

ochiq


yopiq


3-rasm. Raketka kallagining tomonlari.


Agar siz raketkani to‘g‘ri ushlab turgan boTsangiz hamda qoTingizni oldinga cho‘zganingizda raketka kallagi pol bilan



perpendekular shaklda bo'lsa, raketkaning chap tomoni ochiq, o‘ng tomoni esa yopiq bo‘ladi. Raketkaning ochiq tomoni bilan zarba berilganda, raketkani ushlab turgan qo‘lingizni ko‘targaningizda u go'yoki tanangizni ochgandek, yopiq tomon bilan zarba berilganda esa tanani yopgandek bo‘ladi. Shunga mos ravishda badmintonchi atrofidagi joyni zarba chegaralariga bo‘lishi mumkin (4-rasm).


4-rasm. Sportchi tanasiga nisbatan raketkaning ochiq va yopiq
tomoni bilan zarba berish chegaralari.



Aralash chegaralar - bu shunday joylarki, o‘yinda yuzaga kelgan vaziyatdan kelib chiqib, volanga raketkaning qulay tomoni bilan zarba berishdan iboratdir.

Universal o‘yin uchun raketkani sterjeniga juda yaqin ushlash, yoki aksincha, kaft bilan dastakning oxirini changallab turish tavsiya qilinmaydi. Oddiyroq qilib aytganda, raketka dastagini o‘rtasidan xuddi u bilan qo‘l berib salomlashayotgandek ushlab tursangiz hamda bu holatda raketka kallagi yuzasi polga perpendikuiyar holatda bo‘lsa, universal ushlash holati bo‘ladi. Ayrim sportchilar to‘r yaqinida o‘ynayotgan paytlarida raketkani sterjeniga yaqin ushlashadi, bu esa volanga zarba berish vaqtini qisqartirish imkonini beradi.

Bugungi kunda sportchilarda universal ushlashdan tashqari yana ikki turdagi raketka ushlash usuli mavjud: osiyocha va yevropacha. Osiyocha
usulda raketka dastagi xuddi to‘r yaqinida o‘ynagandagi kabi sterjen asosiga yaqin ushlanadi. Bunday ushlash





reaksiya borasida kattagina afzallik beradi, ammo buning uchun badmintonchi yaxshi texnika va yuksak tayyorgarlikdagi jismoniy sifatlarga ega boTishi zarur. Yevropacha
usul — o‘yinchining panjasi raketka dastagini sterjen asosining teskari tomonidagi yon tomonidan ushlashni nazarda tutadi. Bu zarba beruvchi yelkaning oshishi hisobiga volanga beriladigan zarba kuchini orttirishda afzallik beradi, ammo volanga reaksiyani susaytiradi.

Raketka dastagini qanchalik mahkam siqib ushlash kerak? Obrazli qilib aytganda, raketka dastagini xuddi qushchani ushlab turgandek tutish tavsiya qilinadi. Ya’ni u uchib ketmasligi uchun qattiqroq siqib ushlash, o‘z navbatida, siqib oTdirib qo‘ymaslik uchun bo‘shroq ushlash kerak. To‘g‘ri, siz zarba paytida dastakni, u zarbadan keyin qoTingizdan chiqib ketmasligi uchun, qisib ushlab olasiz. Raketkani har doim juda siqib ushlab turish tavsiya qilinmaydi.

Raketka dastagini ushlashning turli o‘yinchilar va har xil o‘yin holatlari uchun moTjallangan boshqa ko‘plab variantlari ham mavjud, lekin ularning barchasi individual hisoblanadi. Turlicha o‘yin holatlarida badmintonchilar ushlashni o‘zgartirib turishadi (5-rasm). Volan o‘yinchining chap tomonidan uchib o‘tayotganda unga zarba berishdagi ushlashning o‘zgarishi eng ko‘p tarqal- gandir. Bunda volanga bosimni oshirish uchun bosh barmoq dastakning keng yuzasida boTadi. Raketkani ushlashning to‘g‘- riligini ko‘rsatuvchi asosiy belgilar - jarohatning yo‘qligi, o‘yin- ning qulay va samarali ekanligidir.



Yüklə 58,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin