Iv bo’lim: Muomala madaniyati reja


Buyuk mavlono Jaloliddin Rumiy



Yüklə 61,56 Kb.
səhifə13/17
tarix16.06.2023
ölçüsü61,56 Kb.
#131194
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
ПЭЭ 4 мавзу маъруза

Buyuk mavlono Jaloliddin Rumiy«Ichindagi ichindadir» nomli asarida «Sо‘z – idrok qilishda sо‘zga muhtoj bо‘lganlar uchundir. Sо‘zsiz idrok etganning sо‘zga qanday ehtiyoji qoladi? Idrok eta bilgani uchun kо‘klarning, erning hammasi sо‘zdir. Hafif bir sasni eshitganga baqirib-chaqirishning nima hojati bor? Dunyo ham Qur’ondagi «Bо‘l» (Uning amri bо‘l demak edi edi. U hamon bо‘ldi) sо‘zidan bino bо‘lgandir»5, - degan fikrni bildirib ketadi.
Shunday ekan, sо‘zlarni mazmun bilan boyitish ham muhimdir. Chiroyli nutq egasi о‘z nutqi bilan bir necha marotabagina odamlarni о‘ziga jalb qilishi mumkin. Lekin mazmunsiz chiroyli sо‘zlar odamlarni me’dasiga tegadi. Ish, martaba, kechinmalar va kayfiyatning yomonligi, betoblik atrofdagilar bilan qо‘pol muomalada bо‘lish huquqini bermaydi.
Hatto buyruqni ham muloyimlik, bosiq ohang bilan va shu qatori bir vaqtda ishga doir qat’iyyatlik bilan berish mumkin.Buyruq ohangidan faqat bajarilishi shart va majbur bо‘lgan soxalarda ya’ni harbiylar foydalanishi mumkin.
4.4.Muomalada yuzaga keladigan ziddiyatlar va ularni bartaraf etish yo‘llari
Taraqqiyot ziddiyatlarning paydo bо‘lishi, rivojlanishi va bartaraf qilinishi jarayonidan iborat. Shunga kо‘ra, ziddiyatlarning kо‘rinishi ham har xil bо‘lib, ular narsa-hodisalarning harakati va rivojlanishida turlicha ahamiyat kasb etadi.
Ziddiyatlar ichki, tashqi, asosiy, asosiy bо‘lmagan kabi kо‘rinishlarga bо‘linadi. Jumladan, ichki ziddiyatlar – narsa va hodisalardagi ichki jarayonlarning ifodasi, harakatlanishning manbai hamda rivojlanishning asosiy sababidir.
Tashqi ziddiyat - narsa va hodisalar о‘rtasidagi munosabatlarning ifodasi hisoblanadi.
Jamiyat rivojlanishining mazmuni va mohiyati ham asosan ichki ziddiyatlarning xal qilinishi bilan belgilanadi. Biroq, rivojlanishda tashqi ziddiyatlarning ishtiroki kamroq bо‘ladi, degan fikrga bormaslik kerak. Zero, globallashuv va integratsiya jarayonlarida tashqi ziddiyatlarning ham о‘z о‘rni bor. Narsa-hodisalarning mohiyatini, xolatini, kelib chiqish va rivojlanish qonuniyatlarini belgilovchi ziddiyatlar esa asosiy ziddiyatlar deb ataladi.
Muomala madaniyatida ziddiyatlar anglashilmovchilik, bir-birini tushunmaslik hamda о‘zaro manfaatlar tо‘qnashuvi natijasida kelib chiqadi. Shuningdek, ziddiyatlarni keltirib chiqaruvchi sabablarning xususityalariga qarab tavsiflash mumkin.

Yüklə 61,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin