Iv. Glossariy



Yüklə 23,68 Kb.
səhifə6/9
tarix01.12.2022
ölçüsü23,68 Kb.
#71772
1   2   3   4   5   6   7   8   9
glossariy

Ma’rifat - ma’naviy kamolot yo’li, insonning ko’ngil ko’zgusini sayqallash jarayoni, ya’ni har bir insonning butun ongli hayoti davomida o’zligini anglash, o’zining Borliq haqiqatiga nisbatini aniqlash va o’z ruhini Borliq haqiqati bilan uyg’unlashtirib borish yo’lidagi harakati.
Madaniyat - bu kishilar faoliyatining jamiyat iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy hayoti sohasida yaratgan, o‘zlarining ehtiyojlarini qondirish uchun ishlab chiqargan moddiy va ma’naviy boyliklar tizimi.
Ma'rifat - lug‘aviy ma’nosi bilish, tanish, bilim demakdir. Boshqacha aytganda ma’rifat bilmoq, kishilarning ong-bilimini, madaniyatini oshirishga qaratilgan ta’lim-tarbiya jarayonidir.
Mas’uliyat - shaxs ma’naviyatining muhim tarkibiy jihati, o’zi anglab yetgan va to’g’ri deb bilgan Borliq haqiqatiga amalda sadoqat saqlash, har bir xatti harakatining oqibatini o’ylab qadam qo’yish. Inson erkin irodasi bilan o’zini dunyodagi barcha mavjudot uchun mas’ul deb bilsa va har bir qadamini qo’yishda ana shu mas’uliyatni his qilib tursa ayni shu shaxs haqiqiy ma’naviyat sohibidir.
Mehr - shaxs ma’naviyatining muhim tarkibiy jihati va milliy ma’naviyatimizga xos ma’rifat yo’llaridan biri, insonlarga, tabiatga, har bir ishga beg’araz fidoiylik bilan munosabatda bo’lish. Mehr ma’rifati 1) inson ko’nglini anglab yetish va unga mehr ko’rgazish bilan tarbiyalash, 2) insonning boshqa bir insonga bo’lgan beg’araz muhabbati tufayli xudbinlik balosidan forig’ bo’lishi va Borliq haqiqatini anglab yetishi (Alisher Navoiy talqinida) ma’nolarini anglatadi.
Millat- «o‘zak», «tub mohiyat», «negiz» degan ma’noni bildiradi. «Millat» so‘zi arab tilida quyidagi uch ma’noni anglatadi: birinchi - din, mazhab; ikkinchi - ummat; uchinchi - xalq,qavm.
Nafs – milliy ma’naviyatimiz an’analariga binoan inson ruhiyatida moddiy olam ne’matlariga moyillikni ifodalovchi timsol-tushuncha. Tasavvuf tariqatlarida nafs tarbiyasiga alohida ahamiyat qaratilgan va uning turli darajalari belgilangan.
Nafsi ammora – insonni tamomila o’z jiloviga olgan, harqanday og’ir gunohlarga boshlovchi tarbiyaga bo’ysunmagan, o’jar nafs. Qur’oni karimning “YUsuf” surasida eslanadi.
Nafsi komila – payg’ambarlar nafsi, oddiy kishilar nafs tarbiyasi bilan bu darajaga yetishi qiyin, ammo komil nafs egasi bo’lishga intilish ma’naviyat nishonasidir1.

Yüklə 23,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin