SHaxs (tuyg’usi) - milliy ma’naviyatimizga xos Oliy ma’naviy qadriyat, inson ruhining Borliq haqiqati bilan uyg’unlashuvining ikkinchi darajasi, har bir inson ma’naviy takomilning muayyan bosqichiga ko’tarilib, o’zligini anglay boshlagan holati.
SHaxs ma’naviyati – har bir inson ruhidagi Borliq haqiqati bilan uyg’unlik darajasi. Bu uyg’unlik har bir shaxsning imoni, ilmi, mas’uliyati, mehri orqali namoyon bo’ladi va Vatan, SHaxs, Millat, Adolat, Haqiqat tuyg’ularida ifodalanadi.

Siyosat - inson va jamiyat hayotining uch asosiy sohasidan (yo’nalishidan) biri, har bir insonning o’zga insonlar bilan bevosita munosabatlari. Siyosat sohasi o’z navbatida axloq va huquq qatlamlaridan iborat bo’lib, ularning har birini o’rganuvchi alohida fan yo’nalishlari mavjud.

Siyosatda axloq qatlami - insonlar aro munosabatlarning muayyan ma’naviy qadriyatlar asosida muvozanatda saqlanishi.
Siyosatda huquq qatlami – insonlar aro munosabatlarning qonunlar orqali tartibga solinishi.
Siyosatshunoslik (Politologiya) - siyosat sohasini o’ziga xos muayyan yo’nalishda o’rganuvchi fan bo’lib, uning asosiy mavzusi (predmeti) davlat tizimi va siyosiy partiyalar, demokratiya va ijtimoiy adolat masalalarini qamrab oladi. Bugungi kunda siyosiy fanlar alohida tizimni tashkil etishidan tashqari agar siyosat sohasini keng ma’noda olib qaraladigan bo’lsa, huquqshunoslik, axloqshunoslik, jamiyatshunoslik kabi yana bir qator zamonaviy fanlar ham ayni shu sohaga oid masalalar bilan bevosita shug’ullanishini nazarda tutish lozim. Ulardan ba’zilari, masalan axloqshunoslik, bir paytning o’zida ma’naviyat sohasiga ham bevosita aloqador fanlar tizimiga kiradi.