Iv guruh kationlari analitik reaksiyalari


Ammoniy molibdatning nitrat kislotadagi eritmasi



Yüklə 41,53 Kb.
səhifə13/14
tarix28.11.2023
ölçüsü41,53 Kb.
#168769
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
IV guruh kationlari (Al3 , Cr (III, V), Zn2 , Sn(II, IV)) ning analitik reaksiyalar

5. Ammoniy molibdatning nitrat kislotadagi eritmasi (molibdenli suyuqlik) arsenat ioni bilan sariq kristall cho'kma - ammoniy arsenomolibdat hosil qiladi:
(NH4)3AsO4 + 12MoO42- + xH2O=(NH4)3[AsMo]2O40] •xH2O
Reaksiyani bajarishda 3-4 tomchi arsenat eritmasiga 5-7 tomchi tarkibida NH4NO3 (reaksiyaning sezuvchanligini oshiradi) bo'lgan ammoniy molibdatning nitrat kislotadagi eritmasi (pH(aralashmani uzoq qizdirish yaramaydi, bunda mishyak (III) ioni mishyak (V) ionigacha oksidlanishi mumkin). Hosil bo'lgan sariq cho'kma HNO3 da erimaydi, ammiak va o'yuvchi ishqorlarda eriydi. Reaksiya fosfat ioni bo'lmagan sharoitda (xuddi shunday cho'kma hosil qiladi) o'tkazilishi kerak.
6. Mishyak ionlarini qaytarish. Mishyak (III) va mishyak (V) ionlarini arsin yoki erkin mishyakkacha qaytarish orqali reaksiya sezuvchanligini ancha oshirish mumkin.
Mishyak ionlarini arsingacha qaytarish kislotali yoki ishqoriy muhitda o'tkazilishi mumkin. Arsin (juda zaharli bo'lganidan, reaksiya albatta ishlab turgan mo 'rilishkafda o 'tkazilishi kerak) hosil bo'lganligini kumush nitrat eritmasi bilan ho'llangan filtr qog'ozining kumush metali hosil bo'lishi natijasida qorayishi tufayli bilib olish mumkin.
7. Kislotali muhitda qaytarish (N.A.Tananaev usuli) uchun bir necha tomchi xlorid kislota solingan mikrotigel filtr qog'ozi ustiga joylashtiriladi. Qog'ozning tigel atrofidagi qismi kuniush nitrat eritmasi bilan ho'llanadi. So'ngra tigelga bir parcha magniy yoki rux metali tashlab, tigel va ho'llangan filtr qog'oz ustiga darhol uchi rezina qalpoq bilan berkitilgan kichkina voronka o'rnatiladi. Agar bir necha daqiqa o'tgandan keyin qog'oz qoraymasa, reaktivlar tozaligiga ishonch hosil qilib, mishyakni topishga kirishish mumkin. Bu tajriba yuqoridagi tartibda takrorlanadi. Faqat tigelga xlorid kislota va magniy bilan birgalikda 2-3 tomchi tekshiriladigan mishyakli eritma ham solinadi. Filtr qog'ozining qorayishi mishyak borligini ko'rsatadi.
Tigelda:

AsO33- + 9H+ + 3Mg→ AsH3↑+ 3Mg2+ + 3H2O


va qog'ozda:

AsH3↑ + 6Ag+ + 3H2O=6Ag↓+ H3AsO3 + 6H+


reaksiyalar sodir bo'ladi. Shuni unutmaslik kerakki, xuddi shunday sharoitda hosil bo'ladigan SbH3 ham kumush ionini metallgacha qaytaradi. Shuningdek, sulfid ioni ishtirokida qora rangli Ag2S cho'kma hosil bo'ladi.



Yüklə 41,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin