Reaksiyani bajarish uchun 2-3 tomchi xrom (III) nitrat yoki sulfat eritmasiga 3-4 tomchi 2 N H2SO4, 6-7 tomchi (NH4)2S2O8 eritmasi tomizib, qizdirganda dixromat hosil bo'ladi. Reaksiyada katalizator sifatida 1 tomchi kumush eritmasi ishlatilsa, reaksiya tezlashadi. Sulfat kislotani nitrat kislota bilan almashtirish mumkin. Kislotali muhit hosil qilish maqsadida qaytaruvchilik xossalarini namoyon qiladigan xlorid kislota, xrom tuzi sifatida esa xrom (III) xloridni ishlatib bo'lmaydi.
7. Xrom (VI) ioniningborligi yoki hosil bo'lganligini baholashda tekshiriladigan aralashmaga BaCl2eritmasi tomiziladi, bunda BaCrO4 ning sariq cho'kmasi hosil bo'ladi:
Ba2++CrO42→BaCrO4↓
6.4. Rux kationining reaksiyalari Rux tuzlari rangsiz bo'lib, ularga amfoterlik, cho'kmalar va komplekslar hosil qilish reaksiyalari xosdir.
1. O'yuvchi ishqorlar va rux tuzlari ta'sirlashuvidan kislotalar va ishqorlarda eriydigan (amfoterlik tufayli) iviqsimon Zn(OH)2 cho'kma hosil bo'ladi:
ZnCl2 + 2KOH→Zn(OH)2↓ + 2KC1
Zn2+ + 2OH-→Zn(OH)2↓
Zn(OH)2 + 2HC1→Zn2+ + 2C1- + 2H2O
Zn(OH)2 + 2NaOH→2Na+ + ZnO22- + 2H2O
Sinkat ion alyuminat iondan farqli ravishda ammoniy xlorid yoki nitrat ta'siridan Zn(OH)2 cho'kmasi hosil qilmasdan, eritmada [Zn(NH3)]2+ yoki [Zn(NH3)6]2+ kompleks ion shaklida qoladi:
ZnO22-+4NH4Cl→ [Zn(NH3)4]2+ + 2H2O + 4C1-
Reaksiyani bajarishuchun rux tuzi eritmasining 2-3 tomchisiga ishqor eritmasidan tomchilab qo'shiladi, bunda oldin cho'kma tushadi, keyin esa u erib ketadi.