Iv guruh kationlari analitik reaksiyalari



Yüklə 41,53 Kb.
səhifə9/14
tarix28.11.2023
ölçüsü41,53 Kb.
#168769
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
IV guruh kationlari (Al3 , Cr (III, V), Zn2 , Sn(II, IV)) ning analitik reaksiyalar

3. Sn2+ ta'siridan qaytarish reaksiyalari asosida hosil bo'lgan mahsulotlar yordamida qalay (II) ionni topish mumkin. Ma'lumki, Sn4+/Sn2+ juftning normal potensiali (Eo=0,15 B) uning kuchli qaytaruvchi ekanligidan dalolat beradi.
4. Fe3 +ni Fe2+ga qaytarishda 2-3 tomchi FeCl3 eritmasiga 2 tomchi HC1 ishtirokida 3-4 tomchi K3[Fe(CN)6] eritmasidan qo'shiladi. Tayyorlangan aralashmaga SnCL, eritmasidan 3-4 tomchi tomizilgan zahoti turnbul ko'kiga xos to'q ko'k cho'kma hosil bo'ladi:
2Fe3++Sn2+=2Fe2++Sn4+
4Fe2+ + 4[Fe(CN)]3-=Fe4[Fe(CN)6]3↓ + [Fe(CN)6]4-
5.Simob (II) xloridni qaytarishda 2-3 tomchi SnCl2 eritmasiga bir tomchi HgCl2 eritmasi qo'shilganda, Hg2Cl2 ning oq cho'kmasi hosil bo'ladi. Birozdan so'ng, cho'kma metall holatdagi Hg gacha qaytarilib, qorayadi:
2HgCl2 + SnCl2 =Hg2Cl2↓ + SnCl4
Hg2Cl2 + SnCl2=2Hg↓ + SnCl4
Bu reaksiya Sn2+ ionini topishda asosiy analitik reaksiya sifatida qo'llaniladi.
6. Pikrin kislotaning qaytarilishi Sn2+ ionini topishda o'ziga xos reaksiya sanaladi. Bu reaksiyani gazeta qog'ozida tomchi usulida bajarish qulay. Buning uchun qog'ozga pikrin kislotaning bir tomchi suvli eritmasi va bir tomchi qalay (II) eritmasi tomiziladi. Qog'ozni ozroq qizdirganda eritmalarning yutilishi tezlashib, natijada pikramin kislotaning yorqin to'q sariq rangli dog'i paydo bo'ladi:

5Sn2+ + 2C6H2(NO2)3OH + 12H+=5Sn4++2C6H2(NO2)2(NH2)OH + 4H2O


Reaksiyani ishqoriy muhitda probirkada ham o'tkazish mumkin. Bunda 5 tomchi tekshiriladigan eritmaga bir tomchi pikrin kislota va Sn(OH)2 cho'kmasi hosil bo'lguncha tomchilatib, ammiak eritmasi qo'shib, aralashma qizdiriladi. Hosil bo'ladigan pikramin kislota eritma va cho'kmani qizil rangga bo'yaydi.


Kumush va simob ionlari ishtirokida ularning qaytarilishi natijasida hosil bo'ladigan erkin metallarning qora rangi pikramin kislotaning qizil rangini niqoblab, reaksiyaga xalaqit beradi.
7. Rux metali qalay (II) va (IV) ionlarini metallgacha qaytaradi, natijada kulrang cho'kma paydo bo'ladi:
Sn2+ + Zn=Sn↓ + Zn2+
Sn4+ + 2Zn=Sn↓ + 2Zn2+
Qalay metali xlorid kislotada eriganligi uchun muhitning kislotaligi yuqori bo'lmasligi kerak.

Yüklə 41,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin