Ishdan maqsad: III guruh kationlarining xususiy reaksiyalarini va kationlar aralashmasi analizi tartibini o`rganishdan iborat. Kerakli jihoz va reaktivlar: probirka, kolba, suv hammomi, shtativ, gaz gorelkasi, sentrafuga, asbest, distirlangan suv, probirkalar;
NaOH, NH4OH, (NH4)2S, CH3COONa, Na2HPO4, oksixinolin, H2O2, KMnO4 yoki Na2S2O3, Na2CO3, NH4Cl, Na2CO3, K4[Fe(CN)6], K3[Fe(CN)6], SnCl2, Zn metali, J2, HNO3, H2O2, AgNO3, H2SO4, (NH4)2CO3, pikrin kislota-C6H2( NO2)3OH, IV guruh kationlarining eruvchan tuzlari.
Laboratoriya ishini bajarish tartibi:IV guruh kationlariga Al3+. Cr3+, Zn2+,Sn2+,Sn4+,As3+,As5+kabi kationlar kiradi, guruh reagenti o`yuvchi ishqorlar bo`lib, ortiqcha ishqor ta’sirida eriydi.
To’rtinchi guruh kationlarining reaksiyalari To’rtinchi analitik guruh kationlari qatoriga alyuminiy, rux, xrom (III), qalay (III), qalay (IV), mishyak (III), mishyak (V) va boshqa kationlar kiradi. Ular ammiakli bufer aralashma ishtirokida guruh reagenti - ammoniy sulfid ta'siridan gidroksid va sulfidlar shaklida cho'kadi. To’rtinchi guruh kationlari II va III guruhlar kationlaridan sulfidlarining pH~9,2 bo'lgan sharoitda suvda erimasligi bilan farq qiladi. Bu guruh kationlarining sulfidlari suyultirilgan kislotalar eritmalarida eriydi. Kationlarni ammiakli bufer aralashma ishtirokida guruh reagenti bilan qizdirib turgan holda cho'ktirganda alyuminiy, xrom (III) kationlarining gidroksidlari kam eruvchanligi uchun gidroksidlar shaklida cho'kadi. Gidroksidlar shaklida, shuningdek, uchinchi guruh kationlari qatoriga kiradigan, lekin bizning ko'rib chiqish doiramizga kirmaydigan berilliy, sirkoniy, lantan (III), skandiy (III) va boshqa kationlar ham cho'kmaga tushadi. Bundan tashqari, bu kationlar sulfidlari qaytmas gidrolizga uchraydi. Shunday sharoitda qolgan kationlar sulfidlar shaklida cho'kadi.
To’rtinchi analitik guruh kationlarining guruh reagenti ta'siridan hosil qilgan birikmalari oltinchi va ikkinchi analitik guruh kationlaridan farqli ravishda gidrolizga turlicha uchraydi. Bu guruh kationlarining ko'pchiligi oksidlanish-qaytarilish (Cr, Ce) va komplekslar hosil qilish (AI, Zn, Cr, va hokazo) reaksiyalariga kirishadi. Ularning ayrimlari (alyuminiy, berilliy, rux, xrom (III) va hokazo) bu xossalaridan tashqari amfoterlik xossalari bilan ham farqlanadi. Kationlarning ko'rsatib o'tilgan xossalari ularni topish, aniqlash, niqoblash va hokazo uchun ishlatiladi.
Uchinchi guruh kationlarining ko'pchiligi rangli birikmalar hosil qiladi. Cr (III) - yashil yoki binafsha, Cr (VI) – sariq.