Ix asr hadis ilmining "oltin asri"


Amir Temur va temuriylar sulolasi davrida yaratilgan ma’naviy merosning o‘zbek xalqining ma’naviy tiklanishida tutgan o‘rni



Yüklə 426 Kb.
səhifə10/12
tarix01.06.2023
ölçüsü426 Kb.
#121704
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Ix asr hadis ilmining oltin asri

Amir Temur va temuriylar sulolasi davrida yaratilgan ma’naviy merosning o‘zbek xalqining ma’naviy tiklanishida tutgan o‘rni
Milliy mustaqillik tufayli jahon ma’naviyati va ma’rifati sahnida o‘z o‘rinlariga ega bo‘lgan piru komil ajdodlarimizni va ular qoldirgan boy ma’naviy-ma’rifiy merosni teran anglash, o‘rganish va ulug‘lash imkoniyati yuzaga keldi. Inchunun, ota-bobolarimiz, xususan buyuk davlat arbobi, ma’rifat homiysi, yuksak ma’naviyat egasi Amir Temur va uninng avlodlari qoldirgan, abadiylikka daxldor merosi bugungi kunda xalqimiz ruhiy-ma’naviy poklanishi va milliy o‘zligini anglashning bitmas-tuganmas chashmasidir.
Biz bugun yashayotgan Mustaqil O‘zbekiston davlatidagi tarixiy shaharlar, go‘zal makonlarning ko‘pchiligi Amir Temur va temuriylar davrida vujudga keldi. Temuriylar davri har sohada chinakam uyg‘onish davri bo‘ldi. 150 yillik mustamlakachilik, 70 yillik qaramlik va tobelik yillarida shunday buyuk zot, dunyoga mashhur davlat arbobi, ulug‘ bunyodkor Amir Temur shaxsiyatining asl mohiyatiga xolis va haqqoniy baho berish imkonidan mahrum bo‘lib yashadik. SHo‘ro tuzumi sohibqiron haqidagi haqiqatni xalqdan yashirib keldi.Bobokalonimiz to‘g‘risida ikki og‘iz iliq so‘z aytilgan barcha manbalar ko‘zdan yashirildi, ta’qiqlandi yoki soxtalashtirildi. Prezident Islom Karimov aytganidek: “Amir Temur nomi tariximiz sahifalaridan qora bo‘yoq bilan o‘chirildi, unutilishga mahkum etildi. Maqsad xalqimizning yuragidan milliy ong, milliy g‘urur tuyg‘usini yo‘qotish, uni qaramlikka, tobelikka ko‘ndirish edi”. YOki Prezidentning yana quyidagi so‘zini eslaylik: “SHo‘ro davrida bizga Amir Temurni bosqinchi, zolim, qonxo‘r jallod, borib turgan johil, deb uqtirib kelishdi... Amir Temur haqidagi bu uydirma – sof siyosiy maqsadlarni ko‘zlagan tuhmatdan iborat. Bilasizmi, bu ishlarning tagidagi maqsad bitta bo‘lgan: ya’ni, bizning o‘zligimizni, tariximizni unuttirish, bizni manqurtga aylantirish. SHuning uchun ham biz amir Temurning hurmatini joyiga qo‘yar ekanmiz, birinchi galda shu savobli ish orqali xalqimizning, millatimizning izzat-hurmatini joyiga qo‘ygan bo‘lamiz. Buni hech qachon unutmaslik zarur. O‘zligimizni anglashimiz, milliy qadriyatlarimizni tiklashimiz ham qarz, ham farz”.
O‘zbekiston mustaqillikka erishishi bilanoq Prezident Islom Karimov boy mav’naviy merosimiz, dinu iymonimiz, qadriyatlarimiz, shu jumladan ulug‘ bobomiz sohibqiron Amir Temur nomini, u haqdagi tarixiy haqiqatni tiklashga shaxsan rahnamolik qilib kelmoqda. O‘zbekiston mustaqilligi bizga buyuk sohibqironni ham qaytarib bergani bilan alohida qadrlidir. Horijda siymosi yillar davomida teatr sahnalaridan tushmay kelgan, Evropa tillarida 500 dan ziyod, SHarq tillarida esa 900 ga yaqin kitoblar yozilgan, ko‘pdan-ko‘p suratlari ishlangan, qisqasi dunyoga mashhur bo‘lgan ulug‘ zot Amir Temur yana xalqimiz qalbidan munosib o‘rin oldi.
Istiqlolimiz endi kurtak otayotgan davrda Toshkentning qoq markazidagi hiyobonda sohibqironga o‘rnatilgan muhtasham haykal mustaqillik poydevoriga qo‘yilgan oltin g‘isht bo‘ldi.
Oradan sal o‘tib, 1994 yilda Mirzo Ulug‘bek tavalludining 600 yilligi, 1996 yilda esa sohibqiron tavalludining 660 yilligi munosabati bilan dunyo miqyosida ulkan tadbirlar o‘tkazildi. Parijdagi YUNESKO qarorgohida o‘tkazilgan yubiley tantanalari jahon miqyosida, ayniqsa muhim ahamiyat kasb etdi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining qaroriga ko‘ra ”Amir Temur” xayriya jamg‘armasi tashkil etildi. Dunyoning taniqli siyosat arboblari, olimlari, yozuvchilari, tarixchilari ishtirokida ilmiy-amaliy anjumanlar o‘tkazildi. Prezident farmoni bilan yuksak mukofot – “Amir Temur” ordeni ta’sis etildi. Temuriylar tarixi Davlat muzeyining barpo etilishi respublikamiz, xalqimiz hayotida muhim voqea bo‘ldi. YUbiley munosabati bilan Amir Temur va temuriylar davriga oid ko‘plab tarixiy-ilmiy asarlar, risolalar, albomlar va boshqalar nashr etildi. Shu o‘rinda Amir Temurning o‘zi yaratgan “Temur tuzuklari” risolasini, akademik Bo‘riboy Ahmedovning “Amir Temur” tarixiy romanini, Erkin Azimovning “Amir Temur saltanati” risolasini, A.Oripovning “Sohibqiron” she’riy dramasini, SHarafiddin Ali YAzdiy va Nizomiddin SHomiylarning “Zafarnoma” asarlarini, F.Ashrafiyning “Temuriylar davri miniatyurasi” kabi nashrlarni alohida qayd etish mumkin. Bularning hammasiga mustaqillik tufayli erishdik. YUqorida aytganimizdek, uzoq yillar davomida mustamlaka va qaramlik iskanjasi ostida kun kechirgan xalqimiz Amir Temur kabi o‘z vatandoshini qadrlash, uning tarixiy mavqeini munosib o‘ringa qo‘yish imkonidan mahrum edi. Bunga intilgan va bu yo‘lda tirnoq qonatgan olim, faylasuf, tadqiqotchiga millatchi, o‘tmishni ideallashtiruvchi degan tamg‘a bosilar edi. Allohga shukurlar bo‘lsinkim, mustaqillik tufayli bularning hammasiga barham berildi. Mustaqillikning mana shu nurafshon kunlarida yurtimiz uzra Amir Temurning ruhi bizdan rozi bo‘lib kezib yurgan bo‘lsa ne ajab!
“... davlatchiligimiz asoslarini yaratib ketgan Temur bobomiz g‘ayrat-shijoati, yuksak aql-zakovati, tadbirkorligi, elparvarligi bilan bizga hamisha ibrat namunasi bo‘lib qolg‘usidir. Biz u zoti oliydan hamisha ruhiy madad olamiz”.48
Biz Temuriylar davrida yaratilgan bebaho merosdan xalqimizni, ayniqsa, yoshlarimizni qanchalik bahramand etsak, milliy ma’naviyatimizni yuksak pog‘onaga ko‘tarishda, jamiyatimizda ezgu insoniy fazilatlarni kamol toptirishda, xalqimizning g‘urur va iftixori, milliy o‘zligini yanada yuksaltirishda, ma’naviy barkamol, komil insonlarni tarbiyalab voyaga etkazishda shunchalik qudratli ma’naviy-ma’rifiy qurolga ega bo‘lamiz.

Yüklə 426 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin