7-§. Vijdon erkinligi
F uqarolarning vijdon erkinligi orqali dinga m unosabat aniqla-
nadi. M am lak atim iz d ag i barcha shaxsiar uchun (millati, irqidan
qat i nazar) vijdon erkinligi kafolatlanadi. Bu Konstitutsiyaning
31-moddasida quyidagicha ifodalangan: “Hamrna
uchun vijdon
erkinligi kafolatlanadi. H ar bir inson xohlagan dinga e ’tiqod qilish
yoki hech qaysi dinga e ’tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qa-
rashlarni majburiy singdirishga yo‘l qo'yilmaydi”.
Dem ak, vijdon erkinligi quyidagilarda o‘z ifodasini topadi:
har bir fuqaroning xohlagan diniga e’tiqod qilishi;
yoki hech qanday dinga e ’tiqod qilmasligi;
hech qanday diniy qarashlarni majburiy singdirilishiga yo‘l
qo'yilmasligi.
H ar qanday dinda insonni m a’naviy-axloqiy
kamol topishga,
birodarlik, bag'rikenglikka undovchi ijobiy m a’lumotlar mavjud.
S huning uchun ham dinga e’tiqod qilish, uning qoidalariga amal
qilish taqiqlanmaydi. Shuningdek, biror-bir dinga e’tiqod qilish
uchun d a’vatlar qilish, targ'ibot
qilishga, m a’lum bir dinning us
tunligini ko'rsatishga ham yo‘1 qo'yilmaydi.
Vijdon erkinligi xalqaro miqyosda e’tirof etilgan erkinlik
bo'lib, u “Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasi”da ham mus
tah k am lan gan .
Vijdon erkinligi Konstitutsiyamizdan tashqari boshqa qonun
larda ham belgilangan bo'lib, bu qonunlar fuqarolarning Konstitu
tsiyaviy vijdon erkinligini ta ’minlashni, kafolatlashni nazarda tutadi.
1998-yil 1-mayda O'zbekiston Respublikasining “Vijdon erkin
ligi va diniy tashkilotlar to ‘g ‘risida”gi Qonuni yangi tahrirda qabul
qilindi. Ushbu Q onun har bir shaxsning vijdon erkinligi va diniy
e’tiqod
huquqini, dinga munosabatidan q at’i nazar, fuqarolarning
tengligini ta ’minlash, shuningdek diniy tashkilotlarning faoliyati
bilan bog'liq munosabatlarni tartibga soladi.
Q onun qoidalari fuqarolarning xohlagan dinga e ’tiqod qilish
yoki qilmaslik huquqini t a ’minlashni
nazarda tutish bilan birga,
diniy rasm-rusumlar, marosimlarda qatnashish yoki qatnashmas-
likka o'z ixtiyori bilan yondashishni ko'zda tutadi.
157
www.ziyouz.com kutubxonasi
Vijdon erkinligi fuqarolarga diniy t a ’lim olish, din namoyanda-
si bo'lish im konivatlarini ham beradi. Faqat hech kim o'z
ixtiyoriga
zid ta rz d a diniy t a ’limot olishga m ajb u r qilinmaydi.
D inni niqob qilib olib, in so n iy a tn in g hayotiga xavf soluvchi,
ongini zaharlovchi turli g'oyalarni kishilar on g ig a kiritishga
h a ra k a tla r taqiqlangan bo'lib, bunday taqiqlar
aslo vijdon erkinli-
g ig a zid bo'lmay. aksincha u n in g to'la nam oyon bo'lishiga ta ’sir
qiladi.
M a m la k a tim iz d a muqaddas diniy bayram larim izni nishon-
la sh n in g belgilanishi, kish ilarn in g ibodat qilishi u chu n masjid
va ch erk o v larn in g faoliyat ko'rsatayotganligi,
diniy bilimlar olish
u ch u n turli bosqichda diniy o'quv m u a ss a s a la rin in g mavjudligi vij
don erk in lig in ing amal qilishidir.
Fuqaro va sh ax slarn in g shaxsiy huquq va erkinliklari huquq
va erkinliklar tizimida yetakchi o'rinda turadi. Chunki, bu huquqlar
tabiiy huquqlar bo'lib, insonning tug'ilishi bilan v ujudga keladi.
Davlat esa, ana shu huquqlarni t a ’m inlashga majbur. Shuning
uchun bu vazifani bajarish maqsadida O 'zbekiston
davlati barcha
choralarni ko'rgan. Shaxsiy huquq va erkinliklar Konstitutsiya-
mizda k en g va m u k a m m al belgilangan va u ia rn in g am alg a oshi-
shini t a ’minlovchi kuchli tizim barpo etilgan. H am d a bu tizim
m u n ta z a m ravishda takomillashtirilmoqda.
Dostları ilə paylaş: