Jam iyat
bir jamoa hisoblanib, un in g a’zolari um um iy man-
faati, unda yashash qoidalariga amal qilish zarurligi bilan birga,
har bir kishi o'z hayotini qonun doirasida o'zicha tashkil qilishi
mumkin. S h u n in g uchun har bir sh ax snin g shaxsiy hayotiga ara-
lashish taqiqlanadi.
H ar bir kishining normal hayot kechirishida turar joyi muhim
rol o'ynaydi. Turar joy - insonlarning asosiy hayot makoni.
Kishilarning tu rar joyi daxlsizdir. Bu
degani hech kimning turar
joyiga uning roziligisiz kirish, tintuv o'tkazish, biror narsani olib
ketish mum kin emas. Qonun xavfsizlikni ta ’minlash, jinoyatlarning
oldini olish yoki unga qarshi kurashish uchun turar joylarga kirish,
tintuv o'tkazishga ruxsat beradi va qanday hollarda,
kimning rux-
sati bilan shunday harakatlarni sodir etish tartibini belgilab qo'yadi.
Q o nu n g a asosan, zarurat bo'lganda, prokurorning sanksi-
yasi (roziligi) bilangina, kishilarning turar joyiga kirish, tintuv
o'tkazish m um kin.
Xuddi shuningdek,
hech kim ning yozishmalari, telefonda so'z-
lashuvlari oshkora qilinishiga yo'l qo'yilmaydi. Hech kim yozish-
ma, te leg ram m alarn i o'qishga, telefonda so'zlashuvlarni eshitishga
haqli emas. Chunki, bu narsalar har bir alohida shaxsning shaxsiy
hayotiga taalluqlidir.
Ayrim hollarda, ya’ni qonunda belgilangan tartibda va tegishli
o rg an lam in g roziligi bilan yozishmalar o'rganilishi, so'zlashuvlar
eshitilishi m um kin. Bu ham xavfsizlikni ta ’minlash,
jinoyatchilikka
qarshi kurash maqsadida amalga oshiriladi.
5-§. Yashash joyini erkin tanlash huquqi
D em okratik m am lakatda shaxsning erkinligi e’lon qilinib
qolinmasdan, u turli vositalar orqali ta ’minlanadi. Har bir kishiga
yashash joyini erkin tanlash huquqining berilishi ham buning is-
botidir. K onstitutsiyaning 28-moddasida “O'zbekiston Respublikasi
fuqarosi respublika hududida bir joydan ikkinchi joyga ko'chishi,
O'zbekiston Respublikasiga kelish va undan
chiqib ketish huquqiga
ega. Q onunda belgilangan cheklashlar bundan mustasnodir” deb
m u stah k am lan gan norma erkin yashash huquqining Konstitutsi
yaviy asosidir.
153
www.ziyouz.com kutubxonasi
H a r kim y ash ash joyini ixtiyoriy tanlaydi. Respublikaning
x o h la g a n yerida yash ash joyi tan lash i m u m k in . Bu huquq fuqa-
ro larg a o'zi u ch u n y ash ash sharoiti, m e h n a t qilish imkoniyati qu-
layroq joylarda istiqomat qilish uchun im koniyat yaratadi. Yashash
joyini ta n la s h d a kishilarning s o g 'lig 'ig a mos tabiiy muhit bo'lishi
h a m t a ’sir qiladi. Ayrim kishilarning so g 'lig 'i
sh a h a r sharoitida
y a s h a s h g a to'g'ri kelmasligi, ayrim k ish ilarn in g issiq joylarda
yoki n am lik ko'p joylarda yashashi so g 'lig 'ig a to'g'ri kelmasligi
m u m k in . S h u n d ay paytlarda yashash joylari o'zgartiriladi. Ayrim
k is h ila rn in g m utaxassisligi, kasbi, hu n ari
tegishli joylarda yashash
joyini ta n la s h g a t a ’sir qilishi m um kin.
Xuddi shuningdek, chet ellarda y ash ay o tg a n O 'zbekiston fuqa-
rolari m a m lak a tim izg a har qanday vaqtda qaytib kelib, doimiy ya
sh a s h joyini erkin tanlashi m um kin.
O 'z b e k is to n fu q a ro la rin in g o'z xohishi b o 'y ich a ch et ellarda
y a s h a s h u ch u n ketishi ham taqiqlanmaydi. Tegishli huquqiy huj-
jatlarda O 'zbekiston fuqarolarining
chet ellarga shaxsiy, jamoat
ishlari bilan doimiy y ashashga, sayohatga, o'qishga, ishga, davo-
lanishga chiqishi erkin huquq ekanligi belgilangan.
Faqat K onstitutsiyaning yuqoridagi moddasida ko'rsatib o'til-
ganidek, yashash joyini tanlashda,
chet ellarga yashash, o'qish,
ishlash u ch u n ketishda, O'zbekiston hududiga kirishda qonun
bilan ba’zi cheklashlar o'rnatiladi. Bu cheklashlar xavfsizlik, ish-
chi kuchlari ortiqcha bir yerda to'planib qolishining oldini olish,
boshqa fuqarolarga yashash uchun normal sharoit yaratish nuqtai
nazaridan hal qilinadi.
Dostları ilə paylaş: