Ix bob. Fuqarolarning shaxsiy huquq va erkinliklari i-§. S h a X siy huquq va erkinliklar tushunchasi


-§. Fikrlash, so‘z, e ’tiqod erkinligi. Axborot olish, tar-



Yüklə 125,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/8
tarix14.12.2023
ölçüsü125,01 Kb.
#179800
1   2   3   4   5   6   7   8
iODbxZ2OzvlZuv0uzitrgj6BtVyZTxDPwsMZ6QiP

6-§. Fikrlash, so‘z, e ’tiqod erkinligi. Axborot olish, tar-
qatish, hujjatlar bilan tanishish huquqi
Fikrlash qobiliyati - insonni boshqa m avjudotlardan farqlovchi 
x u s u s iy a t. In s o n n in g fikrlashi natijasida taraq q iy o t davom etadi. 
D u n y o rivojlanish tajribasi shuni ko'rsatadiki, inson faqat erkin 
fikrlaganda, erkin fikrlash uchun barcha shart-sharoitlar yaratil- 
g an d a g in a , taraqqiyot bo'lishi m um kin. Fikrlashning cheklanishi, 
taraqqiyotni cheklashdir.
154
www.ziyouz.com kutubxonasi


Erkin fikrlash bo‘lsa-yu, u ro'yobga chiqarilmasa, fikrlar bildi- 
rilmasa, undan hech qanday naf bo'lmaydi. Erkin fikrlashni am alga 
oshirish, u n in g s am ara sid an foydalanish uchun albatta so ‘z erkin­
ligi ham bo'lishi kerak. Bu degani, har bir shaxs o'z fikrini har 
qanday joyda va vaqtda so'z orqali bayon qila bilishiga imkoniyat 
yaratilishi kerak.
Bunday 
im koniyatning huquqiy asosi, 
K onstitutsiyaning 
29-moddasi hisoblanadi. 'Unda “H ar kim fikrlash, so'z va e ’tiqod 
erkinligi huquqiga ega. H ar kim o'zi istagan axborotni izlash, olish 
va uni tarqatish huquqiga ega, amaldagi Konstitutsiyaviy tu z u m g a 
qarshi qaratilgan axborot va qonun bilan belgilangan boshqa chek- 
lashlar bundan mustasnodir.
Fikr yuritish va uni ifodalash erkinligi faqat davlat siri va 
boshqa sirlarga taalluqli bo'lgan taqdirdagina qonun bilan chek- 
lanishi m u m k in ”, deb belgilangan.
Inson erkin fikrlash va uni so'z orqali erkin bayon qilish uchun 
axborotga ega bo'lishi kerak. Shu sababli fuqarolarning o'zi uchun 
zarur axborotlarni izlash, olish va tarqatish huquqi kafolatlanadi.
M asalan, o'quvchilarga internetdan foydalanish imkoniyati- 
ning berilishi axborot olish, izlash, tarqatish huquqini amalda 
ta’minlovchi kuchli vositadir.
Bu huquq yana Konstitutsiyaning 30-moddasi bilan ham kaf- 
olatlangan. Ya’ni, Konstitutsiyaning mazkur moddasi axborot olish 
imkoniyatini kengaytiradi. Unga asosan “O'zbekiston Respublika­
sining barcha organlari, jamoat birlashmalari va mansabdor shaxs- 
lari fuqarolarga ularn in g huquq va manfaatlariga daxldor bo lgan 
hujjat 1 ar, qarorlar va boshqa materiallar bilan tanishib chiqish im­
koniyatini yaratib berishi lozim”. Bu bilan Konstitutsiya barcha or­
gan va m ansabdor shaxslarga fuqarolarning huquqlarini ro yobga 
chiqarish uchun aniq majburiyat yuklaydi.
Konstitutsiya normalarida nafaqat fikrlash, so z erkinligi, 
shuningdek, e ’tiqod erkinligi ham belgilangan. Bu orqali fuqarolar 
o z dunyoqarashlariga ega bo'ladi, bo'layotgan voqealarga o z mu- 
nosabatini bildiradi. E ’tiqod erkinligi dinga, siyosatga munosabat- 
da namoyon bo'ladi.
155
www.ziyouz.com kutubxonasi


K o n s titu ts iy a n o r m a la r i f u q a r o la r n in g fikrlash, so'z, e ’tiqod 
e rk in lig i h a m d a a x b o ro t olish, izlash, ta r q a tis h huquqini mus- 
t a h k a m l a r e k a n , bu erk in lik aslo k o n s titu ts iy a v iy t u z u m g a qar- 
shi q a r a tilm a s lig i, u n i n g b u zilish ig a olib k e lm a s lig in i nazarda 
tu ta d i.
Chunki, konstitutsiyaviy tu z u m xalq m a n faatig a mos keluv- 
chi ta rtib la rn in g Konstitutsiya bilan m u sta h k a m la n is h i natija- 
sidir. Konstitutsiyaviy tu z u m n in g buzilishi o g 'ir oqibatlarga, qon 
to'kilishlariga olib keladi. S h u n in g uchun ham faqat xalq manfaati, 
k onstitutsiyaviy tu z u m manfaati, yo'lida ba’zi cheklashlar, man 
qilishlar o'rnatiladi.
Yana xavfsizlik nuqtai n azarid an kelib chiqib, erkin fikr 
y u ritish va ifodalash erkinligi davlat va boshqa sirlarga taalluqli 
bo'lm asligi belgilangan.
Fikrlash, so‘z va e’tiqod erkinligidagi ba’zi cheklovlar davlatlar 
tajribasida uchraydi. Chunki, shu n d ay bo'lm asa, davlat kuchsiz- 
lanib qoladi, kuchsiz davlat esa, fuqarolarning huquq-erkinliklarini, 
m anfaatini himoya qila olmaydi. Sirlari oshkor bo'lib, zaif bo'lgan 
davlatlarga boshqa davlatlar, qo'shni davlatlar har xil tazyiqlar 
o'tkazish g a, o'z shartlarini qo'yishga h arak a t qiladilar. Shuning 
u chun Konstitutsiyadagi erkinliklarni ayrim hollarda, qonun asosi­
da cheklashlarni aslo huquq va erkinliklarning chegaralash emas, 
aksincha huquq va erkinliklarni keng am al qilishiga yaratilgan 
imkoniyat deb qarash kerak.
F u qaro larn in g axborot sohasidagi huquq va erkinliklari de­
m ok ratik jam iy at aso slarid an biri ekanligi P reziden t Konsepsi-
yasida alohida t a ’kidlandi. “.....fu q aro larn in g axborot sohasidagi
huquq va erkinliklarini t a ’m inlash m asalasi in s o n n in g axborot 
olish, axborotni va o'z sh axsiy fikrini ta rq a tish huquqi va erkin- 
ligini o'zida m u jassa m e tg a n bo'lib, bu O 'zb ek isto n d a dem okra­
tik jam iy at asoslarini barpo etis h n in g m u h im sharti, t a ’bir joiz 
bo'lsa, ta m al toshi h isoblanadi” 1.
1 Karim ov I.A. Mam lakatim izda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va 
fuqarolik jam iyatini rivojlantirish konsepsiyasi. - Т.: O'zbekiston, 2010. 28-bet.

Yüklə 125,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin