Ix bob. Fuqarolarning shaxsiy huquq va erkinliklari i-§. S h a X siy huquq va erkinliklar tushunchasi



Yüklə 125,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/8
tarix14.12.2023
ölçüsü125,01 Kb.
#179800
  1   2   3   4   5   6   7   8
iODbxZ2OzvlZuv0uzitrgj6BtVyZTxDPwsMZ6QiP



IX bob. Fuqarolarning shaxsiy huquq va erkinliklari
I-§. S h a x siy huquq va erkinliklar tushunchasi
S haxsiy huquq va erkinliklar tu sh u n c h a s in i aniqlashdan av­
val u m u m a n . huquq, erkinlik degan tu s h u n c h a la rn i aniqlash lo- 
zim. H uquq davlat tom onidan t a ’m in lanad ig an, himoya qilinadi­
g an nim adir qilish, am a lg a oshirish, m unosib y ash ash sharoitiga 
ega bo'lish, zo'rliklardan himoya qilinishning tabiiy imkoniyatidir. 
Erkinlik esa, biror-bir n arsad a (xulq-atvorda, faoliyatda) qonun bi­
lan taqiqlanm agan, biror-bir c h ek lash n in g yo'qligidir. Ya’ni, huquq- 
da asosiy m asala im koniyatga ega bo'lish, erkinlikda esa, chek­
la sh n ing yo'qligidir.
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida fuqarolarning asosiy 
huquq va erkinliklari uch g u r u h g a bo'lib m u s ta h k a m la n g a n . Bu- 
lar: “Shaxsiy huquq va erkinliklar”, “Siyosiy h u q u qlar”, “Iqtisodiy 
va ijtimoiy h u quqlar”.
Fuqarolarning shaxsiy huquq va erkinliklari u stuvor huquq 
hisoblanadi va bu O 'zb ek isto n Respublikasi Konstitutsiyasida birin­
chi o'rinda berilganligidan ham ko'rinadi.
Shaxsiy huquq va erkinliklar fuqarolarning hayoti, sog'lig'i, 
e’tiqodi bilan bog'liqdir. Shaxsiy huquq va erkinliklar insonni 
sh ax s sifatida nam oyon etuvchi imkoniyatdir.
Shaxsiy huquq va erkinliklarni, odatda, tabiiy huquqlar ham 
deb yuritiladi. U lar inson tug'ilishi bilan vujudga keladi. Ularni 
davlat bermaydi. Faqat shu huquqlarni davlat t a ’minlaydi va shun- 
ga majbur. Shaxsiy, y a’ni tabiiy huquqlar barcha mamlakatlarda 
mavjud va davlat tom onidan ta ’minlanadi. Shaxsiy huquq va erkin­
liklar xalqaro hujjatlar bilan ham himoya qilinadi.
O 'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini ishlab chiqishda va 
qabul qilishda fuqarolarning shaxsiy huquqlari belgilangan xalqaro 
hujjatlar, jum ladan, Inson huquqlari U m um jahon Deklaratsiyasi 
qoidalariga am al qilindi.
Natijada birinchi m a rta , Konstitutsiyada yashash huquqi qayd 
qilinib, bu huquqni t a ’minlashni davlat o'z zim m asig a oldi.
146
www.ziyouz.com kutubxonasi


Shaxsiy huquq va erkinliklar, boshqa huquqlardan farq qilib
ularni cheklash m u m k in emas. Alohida hollarda cheklash zarurati 
bo'lsa, bu K onstitutsiya asosida, unda ko'rsatilgan tartibda am alga 
oshiriladi. Ya ni, ba zi hollarda cheklash qonunga asosan am alga 
oshirilishi belgilangan.
Lekin s h u n d ay huquqlar borki, ularni aslo cheklash, ulardan 
m ahrum qilish m um kin emas. M asalan, yashash huquqi.
Shaxsiy huquqlardan barcha shaxslar, fuqaroligidan qat’i nazar, 
foydalanadi va davlat ham barchaga, fuqaroligidan qat'i nazar, 
shaxsiy huquq va erkinliklardan foydalanishga imkon yaratadi.
Konstitutsiyaga asosan shaxsiy huquq va erkinliklar bilan 
bog'liq in so n n in g hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa 
daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanishi ham bu huquqlarning 
huquq va erkinliklar tizimida ustuvor hisoblanishiga olib keladi.

Yüklə 125,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin