Iymajm u a 1 Buxoro 2020


Maktabgacha ta’limga oid qonunosti hujjatlari



Yüklə 1,19 Mb.
səhifə10/184
tarix02.01.2022
ölçüsü1,19 Mb.
#46036
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   184
мажмуа хукукий

2.2. Maktabgacha ta’limga oid qonunosti hujjatlari. Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo’yiladigan davlat talablari: “Ta’lim to’g`risida”gi Qonunning 30-moddasi orqali farzandlar tarbiyasi va ta’lim olishlari, ularning qonuniy huquqlari va manfaatlari himoyasi borasida ota-onalarning o’rni va javobgarligi oshirildi.

Bugungi maktab bolasidan aniq bilimlargina emas, fikrlash ko’nikmasi, kattalar va tengdosh o’rtoqlarini tushunish, ular bilan hamkorlik qilish ham talab etiladi. Shuning uchun bola maktabga qadam qo’yayotganida qanchalik bilimga ega ekanligi emas, balki uning yangi bilimlarni egallashga tayyorligi, atrof-olamga moslashishi ko’nikmasi, voqea-hodisani mustaqil ravishda tahlil etishi va mustaqil harakat qilishi muhimroq hisoblanadi.

Bolani biror narsaga o’rgatishgina emas, unda o’z kuchiga ishonchni oshirish, o’z g`oyasini himoya qilish, mustaqil ravishda bir qarorga kelish hamda unda “Men” konstepstiyasini shakllantirish ham muhimdir.

O’zbekiston Respublikasida davlat maktabgacha ta’lim muassasasi to’g`risida Nizom”ga muvofiq bola maktabgacha ta’limni uyda, ota-onalarning mustaqil ravishda ta’lim va tarbiya berishi orqali yoki doimiy faoliyat ko’rsatadigan maktabgacha ta’lim muassasalarida, shuningdek, muassasaga jalb qilinmagan bolalar uchun maktabgacha ta’lim muassasalarida, maktablarda, mahallalarda tashkil etilgan maxsus guruhlar yoki markazlarda oladi.

Maktabgacha yoshdagi bolaning maktab ta’limiga o’tishi ko’pincha uning hayoti, axloqi, qiziqish va munosabatlarida jiddiy tub o’zgarishlarni yuzaga chiqaradi. Shuning uchun maktabgacha yoshdagi bolani maktabgacha ta’lim muassasasida yoki uydayoq maktab ta’limiga tayyorlash, bolaning yosh xususiyatiga doir bilim, ko’nikma va malakalar bilan tanishtirish kerak bo’ladi. Bunday tanishtiruv moslashuv davrining jiddiy qiyinchiliklaridan xalos bo’lishga yordam beradi.

Bolaning maktabga tayyorgarligi undagi idrok, kuzatish, xotira, tafakkurning rivojlanishi, vaqt va fazoviy tushunchalar olami, ijtimoiy hodisalar haqidagi tasavvurlarning shakllanishi bilan belgilanadi.

Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo’yiladigan Davlat talablari yuqorida qayd etilgan vazifalarni amalga oshirishdagi me’yoriy hujjat hisoblanadi.

Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo’yiladigan Davlat talablari O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g`risida”gi Qonun, Kadrlar tayyorlash milliy dasturiga muvofiq ishlab chiqilgan bo’lib, Respublikada idoraviy bo’ysunish va mulkchilik shaklidan qat’iy nazar maktabgacha ta’lim tizimi hamda oilalarda bolani to’laqonli tarbiyalash, ta’lim berish va rivojlantirish, uni maktabga samarali tayyorlashda qo’llanishi majburiy bo’lgan davlat hujjatidir.

Davlat talablari 0-7 yoshli bolaning qay darajada rivojlanganligi va egallagan yutuqlarini baholab boruvchi talablar bo’lib, ular bilim, malaka va ko’nikmalar rivojlanishining ko’rsatkichlarini belgilaydi.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 19 iyuldagi "Maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini takomillashtirish to’g`risida"gi 528-sonli qarori qabul qilindi. Unga ko’ra, MTM maqsadlari quyidagilardan iborat:



  • bolalarni har tomonlama intellektual, ahloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish;

  • bolalarni ta’lim va tarbiya orqali maktabga sifatli tayyorlash;

  • bolalarni maktabgacha ta’limga jalb qilish.

Davlat maktabgacha ta’lim muassasasida besh kunlik ish haftasi uchun, qoida tariqasida, quyidagi ish tartibi joriy etiladi:

    • 12 soatli;

    • 10,5 soatli;

    • 9 soatli;

    • 4 soatli.

Davlat maktabgacha ta’lim muassasasiga 3 yoshdan 7 yoshgacha bo’lgan bolalar qabul qilinadi (avval bu ko’rsatkich 2-6 yoshni tashkil qilgan, alohida holatlarda 7 yoshgacha qatnashga ruxsat berilgan).

Bolalarni MTMlarga qabul qilish uchun 5 kishidan iborat qabul komissiyalari tuziladi.

Davlat MTMlariga yo’llanma olish uchun ota-onalar yoki ularning o’rnini bosuvchi shaxslar tomonidan qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlar taqdim etilishi talab qilinadi:


  • Davlat maktabgacha ta’lim muassasasiga qabul qilish bo’yicha yo’llanma berish to’g`risida ariza;

  • bolaning tug`ilganlik haqidagi guvohnomasining nusxasi;

  • bolaning otasi yoki onasining pasport nusxasi;

  • yashash joyidan ma’lumotnoma;

  • ota-onasining ish joyidan (agar ishlasa) ma’lumotnoma.

Taqdim etilgan hujjatlar qabul komissiyasi tomonidan etti kun muddatda ko’rib chiqilib, qaror qabul qilinadi va qabul komissiyasining qarori haqida uch kun muddatda ariza beruvchilarga ma’lum qilinadi.

Ayni paytda O’zbekiston Respublikasida 3-7 yoshda bo’lgan 2,3 million bolaning 31 foizigina maktabgacha ta’lim muassasalari tomonidan qamrab olingan. Prezident Shavkat Mirziyoev ana shu sohaga e’tibor qaratib, Maktabgacha ta’lim vazirligini tashkil etish to’g`risidagi qarorni imzolagandi. Yangi vazirlik rahbariyati tez fursatda xalq bilan muloqotga kirishishni boshladi.

Vazirlik rahbariyati kelgusida 3 yoshdan kichik bolalar qisqa muddatli tarifdagi MTM xizmatidan foydalanishi mumkinligini, shuningdek, yosh chegarasi o’zgarishi mumkinligini ta’kidlab o’tdi.

Maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog`ini kengaytirish, malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash, bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash darajasini tubdan yaxshilash, ta’lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini tatbiq etish, bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida:



  1. Maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish bo’yicha 2017- 2021 yillarga mo’ljallangan dastur 2017-2021 yillarda maktabgacha ta’lim muassasalarini yangidan qurish, rekonstrukstiya qilish va mukammal ta’mirlashning asosiy parametrlari, moliyalashtirish hajmi va manbalari;

  2. 2017-2021 yillarda maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash bo’yicha qisqa muddatli guruhlarni tashkil qilishning asosiy parametrlarini tasdiqlash vazifalarini belgilab oldi.

Dasturning asosiy maqsadli vazifalari va yo’nalishlari etib quyidagilar belgilandi:

    • Ilg`or xorijiy tajribani hisobga olgan holda bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish sharoitlarini yaratish;

    • Maktabgacha ta’lim sifatini oshirish, maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarni maktabga sifatli tayyorlashni tubdan yaxshilash, ta’lim-tarbiya jarayoniga jahon amaliyotida keng qo’llaniladigan zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini joriy etish;

    • Maktabgacha ta’lim muassasalarida 5-6 yoshdagi bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash bo’yicha 6100 ta qisqa muddatli guruhni tashkil etish;

    • Zamonaviy pedagogik texnologiyalar va uslublarni inobatga olgan holda maktabgacha ta’lim muassasalariga pedagog kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirishning o’quv reja va dasturlarini takomillashtirish;

    • 2200 ta maktabgacha ta’lim muassasasining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, shu jumladan qishloq joylarda maktabgacha ta’lim muassasalarini yangidan qurish, ularni zamonaviy talablarga javob beradigan inventar, jihoz, o’quv-metodik qo’llanmalar va multimediali vositalar bilan ta’minlash.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g`risida” 2016 yil 29 dekabrdagi PQ-2707-son qaroriga muvofiq O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan 528-

sonli qarorda quyidagilar:



  1. ilova Davlat maktabgacha ta’lim muassasasi to’g`risida nizom;

  2. ilova Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi to’g`risida nizom;

  3. ilova Jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo’lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat maktabgacha ta’lim muassasasi to’g`risida nizom;

  4. ilova Maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyalanuvchilarining sog`lom va xavfsiz ovqatlanishini tashkil etish tartibi to’g`risida nizom tasdiqlandi.

Yüklə 1,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin