1-ilova: “Davlat maktabgacha ta’lim muassasasi to’g`risida NIZOM”:
davlat maktabgacha ta’lim muassasasining maqsadi va vazifalarini, uning faoliyatini tashkil etish, moliyalashtirish va davlat maktabgacha ta’lim muassasasini boshqarish tartibini belgilashi;
davlat maktabgacha ta’lim muassasasi maktabgacha ta’limga qo’yiladigan davlat talablari, ta’lim-tarbiya dasturlari, sanitariya qoidalari, normalari va gigiena me’yoriylari talablariga muvofiq maktabgacha yoshdagi bolalarda jismoniy rivojlanish, o’z-o’ziga xizmat va gigiena, ijtimoiy-kommunikativ rivojlanish, nutq, o’qish va chet tillarni o’rganish, bilish jarayoni, dunyo haqidagi bilimlar va dunyoni anglashi, ijodiy- estetik rivojlanishini ta’minlashi;
davlat maktabgacha ta’lim muassasasi o’z faoliyatida O’zbekiston Respublikasi Konstitustiyasi va qonunlariga, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga, shuningdek o’z ustaviga amal qilishi;
davlat maktabgacha ta’lim muassasasi yuridik shaxs hisoblanadi, O’zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o’z nomi davlat tilida yozilgan muhrga, mustaqil balansga, O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining g`aznachiligida byudjet va byudjetdan tashqari shaxsiy g`azna hisob varaqlariga ega bo’lishi;
O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g`risida”gi Qonuniga muvofiq, davlat maktabgacha ta’lim muassasasini akkreditastiya qilish davlat vakolatli organi tomonidan attestastiya asosida amalga oshirilishi belgilab qo’yilgan.