Ызбекистон республикаси олий ва ырта махсус таълим вазирлиги


-мавзу. O’QITUVCHI PEDAGOGIK FAOLIYATIDA KASBIY REFLEKSIYANING O’RNI



Yüklə 1,4 Mb.
səhifə81/126
tarix20.11.2023
ölçüsü1,4 Mb.
#162125
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   126
Ызбекистон республикаси олий ва ырта махсус таълим вазирлиги

14-мавзу. O’QITUVCHI PEDAGOGIK FAOLIYATIDA KASBIY REFLEKSIYANING O’RNI




АСОСИЙ САВОЛЛАР
  1. Kasbiy refleksiya va pedagogik faoliyat

  2. O’qituvchining kasbiy mahoratini rivojlantirishda pedagogik refleksiyaning ahamiyati

  3. Pedagogik tashxislash asosida o’qituvchining kasbiy rivojlanishini ta’minlash usullari


  4. O’qituvchi faoliyatini pedagogik tashxislash



Tayanch tushunchalar:
O’qituvchining kasbiy refleksiyasi; fikrlash va analitik qobiliyatlar; appertseptsiya; emotsional reaktsiyalar; kognitiv tasavvurlar; intellektual refleksiya; kooperativ refleksiya; kommunikativ refleksiya; pedagogik intuitsiya; ekstrapolyatsiya; individual reflektsiya; pedagogik reflektsiya; kasbiy refleksiya; inson psixikasi; interiorizatsiya; o’qituvchining haqiqiy “Men”i va ideal “Men”i; refleksiv xossalar; pedagogik tashxislash; diagnostika; diagnostik funktsiya; o’qituvchining kasbiy professiogrammasi; o’qituvchining ijtimoiy – psixologik shakllanishi; indikatorlik vazifa.


Kasbiy refleksiya va pedagogik faoliyat


Mustaqillikning dastlabki yillaridanoq, butun mamlakat miqyosida ta’lim va tarbiya, ilm-fan, kasb-hunar o’rgatish tizimlarini tubdan isloh qilishga kirishildi. Belgilangan maqsadlar muvaffaqiyatli amalga oshirilib, hozirgi kunda ta’lim modelining kuchli samaralariga erishilmoqda. Bunda o’qituvchilar bilan birga keng jamoatchilik, butun xalqimizning fidokorona mehnatini e’tirof etib, Shuni unutmasligimiz kerakki, kelajagimiz poydevori bilim dargohlarida yaratiladi, boshqacha aytganda, xalqimizning ertangi kuni qanday bo’lishi farzandlarimizning bugun qanday ta’lim-tarbiya olishiga bog’liq. Buning uchun har qaysi ota-ona, ustoz va murabbiy har bir bola timsolida avvalo shaxsni ko’rishi zarur. Ana shu oddiy talabdan kelib chiqqan holda, farzandlarimizni mustaqil va keng fikrlash qobiliyatiga ega bo’lgan, ongli yashaydigan komil insonlar etib voyaga etkazish – ta’lim-tarbiya sohasida fidokorona mehnat qilayotgan o’qituvchilarning asosiy maqsadi va vazifasi bo’lishi kerak”.
Bu ulkan javobgarlik hissi o’qituvchilarda pedagogik mahorat qirralarining turli jarayonlarini hozirgi zamon talablari darajasida takomillashtirishni talab etadi. So’nggi yillarda olimlar o’qituvchining pedagogik faoliyatida fikrlash hamda analitik qobiliyatlarni rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidlamoqdalar. Bu qobiliyatlar asosini esa, o’qituvchining kasbiy refleksiyasi tashkil etadi.
Refleksiya (lot. «reflexsio» - orqaga qaytish) – «har tomonlama barkamol rivojlangan insonning o’z hatti – harakatlari va ularning qonuniyatlarini anglashga qaratilgan nazariy faoliyat shaklidir; inson ma’naviy dunyosining o’ziga xos yashirin hislatlarini ochib beradigan o’z–o’zini bilishga va anglashga qaratilgan faoliyatdir» .1
Ilk bor refleksiya tushunchasi qadimgi Yunon falsafasida yuzaga kelgan va insonning o’z ongida kechayotgan mulohazalari haqida o’zi fikr yuritishi jarayoni, o’z fikrlari mazmunini tahlil qilishga e’tiborini jalb qilishni anglatgan (Dekart). Sokrat, Platon, Lokk va boshqa Yunon faylasuflari refleksiyani insonning o’z–o’zini bilishga, nimalarga qodir ekanligini e’tirof etishga qaratilgan faoliyati ekanligini ta’kidlashadi. Kant, Gegel, Fixte, Shelling kabi evropa faylasuflari esa refleksiyaga insonning bilish qobiliyatlarini rivojlantirish asosi sifatida qarashganlar. Leybnits kontseptsiyasiga muvofiq refleksiya insonning appertseptsiyaga (idrokning inson o’tmishidagi tajribasiga va individual xususiyatlariga bog’liqligi) qodirlik xususiyati sifatida tilga olinadi.2
Bugungi zamonaviy falsafada esa refleksiya nazariy va amaliy jihatdan farqlanadi. Birinchisi, inson tomonidan tushunchalarning rivojlanish jarayoni, yagona tushuncha doirasida bir ta’rifdan boshqasiga o’tish imkoniyatini beradigan metod sifatida; ikkinchisi esa, individual harakat yoki fikrni tushuncha bilan nisbatlash jarayoni, bunda nisbatlash o’lchovi ustidan nazorat ta’minlanishi3 kerak.
Hozirgi kunda falsafiy kategoriya sifatida o’rganilayotgan refleksiya psixologiya, sotsiologiya, sinergetika, mantiq, andrologika, evkistika, kibernetika va boshqa ko’plab murakkab fanlarning tadqiqot ob’ekti sifatida e’tirof etilmoqda. Biz «refleksiya» kategoriyasiga pedagogika va psixologiya nuqtai nazaridan ta’rif beramiz va uning mohiyatini o’rganishga va tahlil qilishga batafsil to’xtalamiz.
Psixologiyada refleksiya «sub’ekt tomonidan o’zining ichki psixik jarayoni va holatlarini bilish, nazorat qilish» mazmunida talqin qilinadi.4 O’qituvchining pedagogik faoliyatida, refleksiyaning shaxsga nisbatan ahamiyatini o’rganishda bu tushunchaning ijtimoiy psixologik nuqtai nazardan ta’rifi mukammal ekanligi e’tirof etiladi, unda refleksiya insonning borliqda boshqa insonlar tomonidan qanday qabul qilinishi va baholanishi sifatida qaraladi: refleksiya – «shunchaki sub’ektning o’z–o’zini bilishi yoki tushunishi emas, balki boshqalar tomonidan «refleksiyalanuvchini»5 qanday bilishi» va uning shaxsiy xususiyatlarini, emotsional6 reaktsiyalarini va kognitiv tasavvurlarini ham tushunishini o’z ichiga oladi.7
Shaxsning psixik rivojlanishini boshqarish imkoniyatlarini ilmiy jihatdan o’rganib, S.L.Rubinshteyn insonning mavjudligini va uning ijtimoiy borliqqa nisbatan munosabatlarini refleksiya bilan bog’laydi:
«Refleksiya – bu insonning uzluksiz hayot jarayonini go’yo bir daqiqaga to’xtatib, uzib qo’yadi va insonni xayolan uning sarhadlaridan olib chiqib ketadi, shu vaziyatda insonning har bir harakati hayot haqida falsafiy fikr mulohazalari muayyan bir xarakter kasb etadi».
Insonning ijodiy muammolarni hal etishda ro’y beradigan fikrlashidagi refleksiyani o’rganib, olimlar uni fikrlovchi sub’ektning o’z – o’zini boshqarish usuli (Yu.N.Kulyutkin, S.Yu.Stepanov va boshqalar), tanqidiy fikrlash omili (I.N.Semyonov), nazariy jihatdan fikrlashning yuqori ko’rsatkichi (A.Z.Zak, V.V.Davidov va boshqalar) sifatida ta’rif berib baholaydilar.
I.S.Ladenko refleksiyani intellektual tizimlarning o’z–o’zini tashkil qilishidagi ahamiyatini intellektual faoliyatning malaka va ko’nikmalarini takomillashtirish ehtiyoji hamda nutq, xotira, tasavvurlarning ichki va tashqi shakllari haqida psixologik qarashlarni ishlab chiqish zaruriyati bilan bog’laydi. U «Refleksiya ichki tasavvurdan tashqi tasavvurga va aksincha biridan boshqasiga o’tish, fikrlash jarayonida ushbu jarayonlarning interiorizatsiya (tashqi omillarning ichki omillarga o’tishi)si haqidagi fikrlarni shakllantirish asosi… Refleksiya asosida nafaqat psixologik bilimlar, balki xotira, malaka va ko’nikmalar shakllantiriladi va amalda qo’llash usullari takomillashtiriladi» deb hisoblaydi.
Hozirgi zamonaviy pedagogik ilmiy-tadqiqot ishlarida ko’plab olimlar refleksiyaning I.N.Semyonov tomonidan taklif qilingan tasnifiga tayanadilar. U refleksiyaning quyidagi turlarini taklif etib sharhlaydi:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin