1. Ta’limda axborot va kommunikatsiya texnologiyalari. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haqida tushuncha, axborot va kommunikatsiya texnologiyalari vositalari, ularni ta’lim jarayonida qo’llash imkoniyatlari, shaxsning ta’lim-tarbiyasi va rivojlanishida zamonaviy axborot texnologiyalari va pedagogik dasturiy vositalar, axborot va kommunikatsiya texnologiyalari vositalarini yaratish, ularni o’quv-tarbiya jarayonida qo’llashning didaktik asoslari, o’quv maqsadli elektron vositalarni yaratish va foydalanishdagi pedagogik-ergonomik talablar va ularning sifatini baholash, o’quv-tarbiya jarayonining axborot-metodik ta’minotini va ta’lim muassasasi tashkiliy-boshqaruv tizimini avtomatlashtirish va uning istiqbollari, elektron-o’quv materiallari bazasining tuzilmasi va tarkibi, ta’limiy internet resurslar va ulardan o’quv jarayonida foydalanish, elektron o’quv-metodik materiallar majmuasi, uning tuzilmasi va tarkibi, axborot va kommunikatsiya texnologiyalari vositalaridan ta’limiy maqsadlarda samarali va qulay foydalanishning pedagogik-ergonomik shart sharoitlari, informatika va axborot texnologiyalari xonasiga qo’yiladigan talablar va unda ta’lim jarayonini tashkil etishning metodik jihatlari, axborot va kommunikatsiya texnologiyalari vositalaridan ta’lim jarayonida foydalanishning istiqbolli yo’nalishlari va kelajagi.
2. Pedagogik dasturiy vositalar.Asosiy tushunchalar: pedagogik dasturiy vositalarning umumiy ta’rifi, namoyish etuvchi dasturlar, nazorat qiluvchi dasturlar, o’rgatuvchi dasturlar, dasturiy vositalarning didaktik imkoniyatlari, ekspert-o’rgatuvchi tizimlar, avtomatlashtirilgan o’rgatuvchi tizimlar, foydalanuvchi va pedagogik-dasturiy vositalarning o’zaro hamkorligini tashkil etish metodlari. Pedagogik-dasturiy vositalar yaratish tamoyillari: talabalarning psixofiziologik xususiyatlarini va kompyuterning texnik imkoniyatlarini hisobga olish, o’qitish strategiya-sining ustuvorligi; pedagogik, psixologik va funktsional to’lalik, motivatsiyali faollashtirishning ta’minlanganligi, qo’llashdagi universallik va modul tuzilishga egalik. Pedagogik-dasturiy vositalar stsenariyasini yaratish texnologiyasi: foydalanish maqsadini aniqlash, o’quv materiallarini tahlil qilish va tanlash, uni strukturalash va formallashtirish, pedagogik stsenariyni taqdim etish. Pedagogik-dasturiy vositalar asosida o’quv faoliyatini boshqarish. Dasturlash tillarida pedagogik-dasturiy vositalar yaratish texnologiyasi. Avtomatlashgan o’rgatuvchi tizimlar. O’qitish uchun axborot resurslarining integratsiyasi: didaktik vositalarning uyg’unligi, an’anaviy va pedagogik-dasturiy vositalardan kompleks foydalanish. Pedagogik-dasturiy vositalarni yaratishning texnik vositalari. “Lektor” tizimi va undan pedagogik-dasturiy vositalarni yaratishda foydalanish. Pedagogik-dasturiy vositalar bo’yicha praktikum.