Bilimlarni og’zaki usul bilan tekshirishmetodi asosan ikki qismdan: birinchisi, tekshirish savollari va vazifalarini, ikkinchisi esa, qo’yilgan savol va vazifalarga javoblar, talablardan tashkil topadi. Bunda savol va topshiriqlarning mazmunini belgilashda, o’rganilayotgan o’quv materiali mazmuni bilan ilgari o’tilgan materiallar mazmuni orasidagi bog’lanishni tahlil qilish, o’tilgan mavzuni nazorat qilishda esa etakchi bilimlarni ajratish zarur bo’ladi.
Savol va topshiriqlarning sifati o’quvchilarning aqliy faoliyatlarining xarakteriga bog’liq bo’lganidan, ular o’quvchilarning xotirasini faollashtirish, fikrlash (solishtirish, umumlashtirish, yaxlitlash va hokazo) va nutqini rivojlantirishga qaratilmog’i lozim.
Yozma – grafik usulda tekshirish,o’quvchilarning
- nazariy bilimlarini;
- ularni masalalar va boshqa eksperimental topshiriqlarni bajarishda qo’llay olish ko’nikmasi va malakasini;
- ularda bu masalalar bo’yicha shakllangan ko’nikmalarni tekshirishni nazarda tutadi.
Yozma – grafik ishlarni bajarish metodikasi quyidagi to’rt etapda bajariladi:
- nazoratni o’tkazishga tayyorgarlik;
- uni tashkil etish;
- o’tkazish;
- natijalarni tahlil qilish.
Nazoratni tashkil etishda, nazorat etaplarining maqsadlarini belgilash, nazorat ob’ektlarining mazmunini tanlash, tekshirish vazifalarini tuzish lozim bo’ladi.
Amaliy - laboratoriya mashg’ulotlarini bajarish orqali tekshirish. Ushbu usul yordamida, o’quvchilarning erishgan nazariy bilimlari asosida amaliy masalalarni echish, turli jadvallardan, formulalardan, chizmalar va o’lchash asboblaridan unumli foydalanish ko’nikmasi va malakalari tekshiriladi.
Amalda masalalar echishda o’quvchidan masalalarni echishning algoritmini tuzish talab etiladi, chunki bunday tekshirishda o’quvchi faoliyatining mantiqiy ketma-ketligi to’g’ri yoki noto’g’ri ekanligi ma’lum bo’ladi.
Shunday qilib, o’qituvchi tomonidan tekshirishning turli metodlari qay darajada muvaffaqiyatli ekanligi tanlanganligi, o’quvchilar bilimlarini odilona baholashda muhim ko’rsatgichlardan sanaladi.
Zamonaviy axborot texnologiyalari muhitida pedagogik jarayonlarni quyidagicha samarali tashkil etish mumkin:
- o’qituvchilar o’rtasida mehnat taqsimotini to’g’ri tashkil etish;
- masofaviy o’quv kurslari va elektron adabiyotlarning yaratuvchisi bo’lgan jamoaga o’qituvchilar, kompyuter dasturchilari va mutaxassislarining birlashuvi;
- pedagogik jarayonning tashkil qilinishini takomillashtirish va o’qituvchi faoliyati samaradorligining monitoringini olib borish.
Yangi zamonaviy axborot texnologiyalari asosida o’qituvchining pedagogik faoliyati: - ta’limda texnologik asoslarning tez rivojlanishi bilan bog’liq bÿlgan yangi kurslarni yaratish;
- o’quv kurslarini yaratish asosida o’qituvchilarning ko’nikma va malakalarini shakllantirish;
- masofaviy kurslarning ochiqligi tufayli ularning sifatiga bo’lgan talablarning va o’quv materiallari sifatini nazorat qilishga oid ehtiyojlarning qondirilishi;
- o’quv jarayonida o’quvchi faoliyatining ustuvor mavqe tutishini, o’quv jarayoni salmog’ining o’qituvchidan o’quvchiga ko’chishini ta’minlash;
- yangi kommunikatsion texnologiyalardan foydalanish asosida, o’qituvchining har bir o’quvchi bilan teskari aloqasining vujudga kelishini amalga oshirish.