Ызбекистон республикаси олий ва ырта махсус таълим вазирлиги


O’qituvchining ijodkorligi va mehnatda faolligi



Yüklə 1,4 Mb.
səhifə94/126
tarix20.11.2023
ölçüsü1,4 Mb.
#162125
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   126
Ызбекистон республикаси олий ва ырта махсус таълим вазирлиги

O’qituvchining ijodkorligi va mehnatda faolligi. Ijodkorlik – o’qituvchining o’z mehnati jarayonida mustaqil harakatidir. Kasbiy faoliyatning ta’lim mazmunini belgilovchi sifatlari o’qituvchining ijodkorligida namoyon bo’ladi. Ijodkorlik – bu o’qituvchining ta’lim va tarbiya jarayonida sifat jihatidan yangi, original va takrorlanmas biror ilmiy yangilikni paydo qiluvchi faoliyatidir.
O’qituvchining mahsuldor ijodkorligida belgilangan har qanday muammo muvaffaqiyatli hal qilinadi, ijod qilishga layoqati bo’lgan o’qituvchilarning asosiy qismida bu jihatlar namoyon bo’ladi.
O’qituvchining evristik ijodkorligi, jahonda ro’y berayotgan kasbiy faoliyatiga oid yangiliklarni dadil o’zlashtirish va targ’ib qilishni anglatadi, ya’ni uning asosida g’oyalar (farazlar) hosil qilish jarayonini intensifikatsiya qilish va ularning haqiqatga yaqinligini (ehtimolligini, ishonchliligini) izchil amalga oshirish va bunda yangi holatda dadil harakat qilish qobiliyati, fikrlash jarayoni asosida tafakkurni rivojlantirish kuzatiladi.
O’qituvchining kreativ ijodkorligida ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan yangi nazariyalarni yaratish mujassamlashgan, u o’zining mustaqil g’oyalari va takliflari bilan chiqadi, mohir va tajribali, layoqatli o’qituvchilargina bunga erishishi mumkin.
Evropalik sotsiologlar o’qituvchining bunday holatlarini “oqimni his qilish”, ya’ni o’z faoliyatiga to’liq kirishib ketish va faoliyat jarayonidan qoniqish hosil qilish deb atashadi, bu esa o’z navbatida o’qituvchining yuqori ichki refleksiv holati kuchli bo’lishi haqida guvohlik beradi. O’z kasbi jarayonida ijodkorlikni va mehnatidan qoniqishni his qilmaydigan o’qituvchilarning mehnat faoliyati ko’pincha harakatsizlikka, asablarning tez charchashiga va g’ashlikka olib keladi.
Mehnatda faollik – bu o’qituvchining mehnat sohasida olib boradigan mustaqil harakatidir. Pedagog mehnat faolligining o’ziga xos tomoni – o’quvchining ta’lim va tarbiyaviy faolligini oshirishga qaratilganligida namoyon bo’ladi. Bunda o’qituvchi faqat o’z fanini puxta bilishi etarli bo’lmasdan, pedagogik–psixologik malaka va ko’nikmalarni, ta’lim va tarbiyaviy texnologiyalarning keng spektrini, har qanday pedagogik vaziyatlarni hal qilishda mustaqil faoliyat olib borishni unutmasligi kerak. Bu talablar pedagog mehnatining muhim o’ziga xos tomonini tashkil qiladi. O’qituvchi doimo o’zining boy bilimi va tajribalari asosida yig’ilgan shaxsiy pedagogik resurslariga tayanib butun o’qituvchilik faoliyati davomida mehnat qiladi. U ta’lim va tarbiyada o’ziga yoqqan metodlarni, vosita va usullarni tanlaydi, yangilikka intiladi. Barcha oliy o’quv yurti talabalari buni etarlicha aniq tushunishadi. Agar birinchi kurs talabalarining 59 foizi o’qituvchilik kasbini o’zining iste’dodi deb hisoblasa, to’rtinchi kursga kelganda bunday talabalar soni 2,5 barobarga kamayadi.
Sinf jamoasining psixologik tarkibi, jamoa a’zolarining bir- birlari bilan o’zaro munosabati, o’quvchilar ruhiy holatining xilma xilligi o’qituvchi mehnatiga jiddiy ta’sir ko’rsatadi. Bunda sinf jamoasining xarakterini, psixologiyasini o’qituvchi o’zi xohlaganidek ijobiy tomonga rivojlantirishi, o’zgartirishi hamisha mumkin bo’lavermaydi. So’nggi yillarda o’quvchilarning o’quv jarayoniga qiziqishi, bilim olishga nisbatan passivligi sezilmoqda. Iqtidorli, qobiliyatli o’quvchilarni to’liq mustaqil o’qish bilan band qilishda ba’zi o’qituvchilarning ojizligi noroziliklarga sabab bo’lmoqda. Bu muammo allaqachon ta’lim muassasalarida o’qituvchilar faoliyatiga tegishli bo’lgan ijtimoiy ahamiyatga molik hodisa sifatida tan olingan. Ta’lim muassasalari oldida turgan ushbu muammolar, ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlarning bajarilishiga to’sqinlik qilmasligi uchun ta’lim va tarbiyaning asosiy ijrochisi bo’lgan o’qituvchining mehnat faolligini oshirish, ijodkorligini hozirgi zamon talablari darajasida kuchaytirish lozim.
Ko’p yillik ilmiy tadqiqotlar natijasida o’qituvchining o’rtacha yoshiga nisbatan mehnat layoqatini oshirishda quyidagi holatlarga jiddiy e’tibor berish lozimligi aniqlandi:
1. Mehnatga nisbatan faollikning bir xil tsikldagi xususiyati, mehnat
va dam olish tartibining o’zgarmasligi.

  1. Mehnatga layoqatlilik darajasi, o’z kasbini mukammal egallagan o’qituvchilarning ishlash dinamikasi.

3. Mehnat unumdorligini pedagogik tajribalar asosida oshirib borish.
4. Mehnat jarayonida yuzaga keladigan turli holatlarning o’ziga xos xususiyatlari, ya’ni funktsional qulaylik, ruhiy charchash, ruhiy zo’riqish, his–tuyg’ularga berilish, bir xil o’zgarmaydigan faoliyat, doimiy xavotir, loqaydlik holati tez–tez tashxis qilinishi lozim.

  1. Mehnatda reproduktivlikning va ijodkorlikning o’zaro munosabati, me’yordan ortiq ishlash darajasi, ijodkorlikda “tavakkal”ning mavjudligi.

  2. Mehnat unumdorligini oshirishda mustaqil intilishning o’ziga xos xususiyatlari.

  3. Tashqi va ichki cheklanishlarni, qarama qarshiliklarni engib o’tish, irodaning mustahkamligi, o’z mehnati natijalarini oldindan ko’ra bilish, mumkin bo’lmagan holatlarda faollikning o’zgarishi.

  4. Innovatsiyalarning mavjudligi (faollikning yangi shakllarini o’zlashtirish).

Mehnat faolligini oshiruvchi omillar orasiga, mehnatga ijobiy munosabatda bo’lish, jarayon yoki mehnat turiga qiziqish, ko’p holatlarda shaxsning qadriyatlarga nisbatan munosabatiga bog’liq bo’lgan uning onglilik darajasi ham kiradi.



Yüklə 1,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin