Configuration - NCning konfiguratsiyasini kiritadi;
Editor - F4 bosilganda chaqiriladigan tahrirlagich nomi ko‘rsatiladi;
Confirmation - fayl nusxasini ko‘chirish, o‘chirish, ko‘chirish jarayonlari savollarini o‘rnatadi yoki bekor qiladi;
Compression - fayllarni arxivga siqish usullarini beradi;
Auto menyus - foydalanuvchi menyusidagi komanda bajarilgandan so‘ng ekranda foydalanuvchi menyusini yana chiqaradi;
Path prompt -bu rejimda ekran pastki qismidagi taklif joriy disk va katalog haqidagi ma’lumotni, aks holda faqatgina joriy disk haqidagi ma’lumotni beradi;
Key bar - bu rejim ekranning oxirgi satrida funktsional tugmachalar vazifasi haqidagi ko‘rsatmani beradi;
Full screen - bu rejim NC panellarini ekran o‘lchamida va aks holda ekranning yarim o‘lchamida chiqaradi;
Mini status - bu rejimda panel pastki qismida joriy fayl yoki ajratilgan fayllar soni va hajmi haqidagi ma’lumot keltiriladi;
Clock -ekranning yuqori o‘ng burchagida joriy vaqtni ko‘rsatadi;
Save setup - o‘rnatilgan rejimlarni saqlaydi.
NC konfiguratsiyasini o‘rnatish
NS konfiguratsiyasini o‘rnatish uchun “Options” punktida “Configuration”ga kirish kerak.
Bunda:
Black & White - oq-qora ekran uchun;
Laptor - suyuk kristalli ekran uchun;
Color 1 - rangli ekran uchun;
Color 2 - rangli ekran uchun, rang boshqa usulda o‘rnatiladi.
Show hidden files - “Berkitilgan “ fayllarni ko‘rsatadi.
Ins moves down - (Ins) tugmachasi yordamida joriy fayldan keyingi faylni ajratadi.
Select Directories - Bu rejimda (Ins) tugmachasi kataloglarni ham ajratadi va bu kataloglar ustida nusxa ko‘chirish, o‘chirish va xokazo amallarni bajariladi.
Auto change directory - Bu rejimda panelda kataloglar daraxti qaralayotganda boshka panelda joriy katalog ro‘yxati chiqariladi.