Menyu bar always visible - Bu rejimda ekranning yuqori satrida NC menyu satri doimo ko‘rinadi.
Auto save setup - Bu rejimda o‘rnatilgan rejimlarni avtomatik saklash imkoniyatini beradi.
Left - handed mouse - Bu rejimda “sichkoncha”ning chap va ung tugmachalari vazifasini almashtiradi.
Fast mouse reset - Bu rejim ba’zi bir kompyuterlarda zarur. U NC panellarini chiqishini tezlashtiradi.
Foydalanuvchi menyusi - foydalanuvchi [F2] tugmachani bosganda NC ekranga foydalanuvchi menyusi komandalarni chiqaradi. Foydalanuvchi surish tugmachalari yordamida keraklisini tanlab, mos komandani [enter] yordamida bajarish mumkin. Komandalar ro‘yxati NC .MNU faylida beriladi.
Bu fayl joriy katalogda yoki NC katalogida joylashishi mumkin.
Bu faylni NC tahrirlagichida tahrirlash mumkin. Yoki "Commands" punktining "Menyu file edit " punktiga kiriladi.
Natijada ekranda savol xosil bo‘ladi. Bunga javoban "Main"- asosiy va "local "- lokal menyularning biri tanlanadi. Keyin menyu punktlari kiritiladi.
Tayanch iboralar: OT - operatsion tizim.
MS DOS - Microsoft firmasining operatsion tizimi.
Fayl - diskning ma’lum nom bilan ataluvchi sohasi bo‘lib, unda ma’lum turdagi axborot va ma’lumotlar saqlanadi.
Katalog - fayl nomlari, ularning hajmi, yozilish vaqti haqidagi ma’lumotlarni saqlovchi diskdagi maxsus joy.
Drayverlar - kompyuterning yangi qurilmalarining ishini ta’minlovchi maxsus dasturlar.
Komanda - Foydalanuvchining kompyuterga beradigan aniq buyrug‘i.
Operativ tizim - Kompyuter bilan foydalanuvchi o‘rtasida muloqotni o‘rnatuvchi, kompyuter qurilmalari ishini boshqaruvchi qurilma.
NC - Norton Commander dasturi, uning vazifasi MS-DOS OS bilan ishlashni yengillashtirish.
Fayl atributlari - Faylning qanday xususiyatga faqat o‘qiladigan, arxivga kiritiladigan, bekitilgan yoki tizimli faylga mansubligi aniqlanadi.
Faylni tiklash- o‘chirilgan fayl ma’lumotlarini tiklash. Bu amal fayl yozilgan diskning qismiga boshqa ma’lumot yozilmagan holdagina bajariladi.