1. WINDOWS operatsion sistemasining ishchi stoli.
Мой компьютер (Mening kompyuterim).
Agar, siz kompyuterda bor dasturlar, komponentlar va barcha resurslarni ko‘rib chiqmoqchi bo‘lsangiz, sichqoncha yordamida shu belgini tanlab, sichqonchani chap tugmasini ikki marta bosing.
Мой компьютер asosan menyu qatoridan, uskunalar qatoridan, va menyu dasturidan iborat.
Диск 3,5 (A:) bu qattiq disklar bilan ishlashda ishlatiladi.
Локал диск da shu diskga tegishli fayllar bilan ishlash mumkin.
Компакт - диск bo‘limi yordamida lazer yoki kompakt disklar bilan ishlashda ishlatiladi.
Панель управления - bo‘limi kompyuterning boshqarish usullari bilan ishlashda ishlatiladi.
Сетевое окружение (Tarmoq o‘rami)
Siz ishlayotgan kompyuter tarmog‘iga ulangan bo‘lsa, yoki bog‘lanmoqchi bo‘lsak, u holda, marhamat qilib, sichqoncha tugmasi yordamida, shu belgini tanlang va sichqoncha tugmasini ikki marta bosing.
Dastur oynasi quyidagi qismlarni o’zida mujassamlashtiradi:
tarmoqqa ulangan kompyutelar nomlari va soni;
buyruqlar panellari;
tarmoqqa ulanish va nosozliklarni bartaraf qilish paneli;
INTERNET tarmog’iga ulanish buyruqlari ro’yhati.
Dastur oynasi ochilgandan keyin kompyuter tarmog‘iga ulangan kompyuter bilan aloqa o‘rnatish, o‘lardan ma’lumotlar almashish, ma’lumotlarni uzatish va hakoza ishlarni amalga oshirish mumkin.
Корзина (Savatcha)
Bu «Savatcha» o‘chirib yuborilgan fayllarni vaqtincha saqlab turish mo‘ljallangan. U noto‘g‘ri o‘chirib yuborilgan fayllarni qayta tiklash imkoniyatiga ega.
Shuni unutmangki, Windows 2000 da ishlayotganingizda barcha o‘chirib yuborilgan fayllar yo‘q bo‘lib ketmaydi, balki, ular shu «Savatcha»ga kelib tushadi. Agar siz, o‘chirilgan fayllarni kerak emasligiga to‘la ishonch hosil qilgan bo‘lsangiz, «Savatcha» ni «tozalab» yuborishingiz mumkin.
Dostları ilə paylaş: |