«Пуск» tugmachasi
Bu tugmachani Windows 2000 olamiga kirish tugmachasi desa ham bo‘ladi. Chunki, bu tugmacha orqali har qanday dasturni ishga tushirish, hujjatlarni ekranga chiqarish, sistemani sozlash va qayta sozlash, yordamchi ma’lumotlar olish va kerakli bo‘lgan faylni tez qidirib topish kabi eng kerakli operatsiyalar bajariladi.
«Пуск» tugmachasi sichqoncha yoki klaviatura yordamida ochilgach, ekranda menyu paydo bo‘ladi. Uning «Программы» punkti yordamida kompyuteringizda mavjud bo‘lgan barcha dasturlarga kirishga imkon yaratiladi.
Agar, yaxshi ahamiyat bersangiz, ochilgan menyuning «Завершение работы», «Выполнить», «Справка», punktlaridan tashqari hammasida strelkalar bor (shu jumladan, «Программы» punktida ham). Bu strelkaning mavjudligi menyuning shu punktida yana menyu hosil bo‘lishini yoki bir nechta dasturlar hosil bo‘lishini ko‘rsatadi.
«Программы» (Programmalar)
«Программы» punkti orqali hamma prgrammalarga ayrishingiz mumkin. Huddi shu menyuda yana ««Проводник»» (kuzatuvchi, kuzatib yuruvchi) punkti mavjud bo‘lib, bu punktga o‘tsangiz siz diskdagi barcha fayl sistemasi papkalar ko‘rinishida paydo bo‘ladi.
Принтеры (Printerlar)
Kompyuterga printerni sozlash uchun yoki chop etiladigan hujjatlar to‘g‘risida ma’lumot olish uchun ishlatiladi.
Выполнить (Bajarish)
Agar siz, ixtiyoriy Windows 2000 boshqaruviga ishlovchi dasturni ishga tushirmoqchi bo‘lsangiz, ihtiyoriy papkani ochmoqchi bo‘lsangiz yoki tarmoq resusrslariga murojaat etmoqchi bo‘lsangiz, «Bajarish» punktidan foydalanishingiz mumkin.
Internet Explorer ( Internet tarmogiga ulanish )
Zamon talablari doirasida ishlashni va jahon axborot manbalarining yangiliklarini uzlashtirishni istasangiz Windows opеratsion tizimi Sizga global tarmoq Intеrnеt bilan ishlash imkoniyatini yaratadi, bu esa ish stolida joylashgan Internet Explorer dеb nomlangan elеmеnt orqali amalga oshiriladi. Buning uchun Siz Intеrnеt–provaydеrlarning sеrvеrlarining to’liq adrеslari va kalit (parol yoki shifr-kod) larini kiritgan xolda ularga boglanishingiz xamda kompyutеringizda kеrakli qurilma va dasturiy mahsulotlarni o’rnatishingiz zarur bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: |