Yangi papkani hosil qilish
Yangi papkani hosil qilish uchun:
«Мой компьютер» belgisini tanlang va sichqon tugmachasini ikki marta bosing. So‘ngra, yangi papka qaysi disk yoki papkani ichiga joylashtirish kerak bo‘lsa, o‘shani tanlab, sichqoncha tugmasini ikki marta bosing.
“Файл” menyusiga kirib «Создать» komandasini tanlang, so‘ngra papka punktini tanlang.
Yangi papkaning nomini kiriting va ENTER tugmasini bosing.
Hujjatlar bilan ishlash
Endi biz, Windows da hujjatlar bilan ishlashning ba’zi o‘ziga xos tomonlari bilan tanishamiz. Biror konkret dastur to‘g‘risida ma’lumot olmoqchi bo‘lsangiz, k holda, shu dasturning ma’lumot olish tizimiga murojaat etishni tavsiya qilamiz.
Hujjatlar bilan ishlaganda tekstlarni ba’zi qismlarini bir joydan boshqa joyga, yoki bir punktdan boshqa punktga o‘tkazish muammolariga duch kelamiz. Bundan tashqari, ba’zan hujjatning bir qismini umuman olib tanlashga ham (o‘chirib tanlashga) to‘g‘ri keladi.
Windows 2000 da hujjatlar bilan ishlash, eng avvalo, hujjatning ma’lum bir qismini ajratishdan boshlanadi, har qanday komanda hujjatini ajratilgan qismi ustida bajariladi. Har qanday hujjatning ma’lum qismini ajratish uchun kursorni ajratilishi kerak bo‘lgan joyga o‘rnating, so‘ngra sichqon tugmasini bosing va qo‘yib yubormasdan ajralishi kerak bo‘lgan joyga olib boring. Shundan so‘ng, sichqon tugmasini qo‘yib yuboring. Siz kerakli qism ajratilganligining guvohi bo‘lasiz. Hujjatlar bilan ishlash uchun maxsus dastur Microsoft Word redaktori mavjud bo‘lib, unda hujjatlar bilan ishlash uchun deyarli barcha imkoniyatlar mavjuddir.
Hujjatlarni tez qidirib topish.
Hujjatlarni tez qidirib topish uchun va kerakli papkani ochish uchun «Найти» komandasidan foydalanish kerak. Buning uchun:
««Пуск»» tugmachasini bosing.
«Найти» menyusidagi «Файлы и папки» (fayllar va papkalar) komandasini tanlang.
«Имя» deb yozilgan joyga qidirilayotgan papka yoki faylning nomini yozing.
Qidirilayotgan sohani ko‘rsatish uchun «Папка» ro‘yxatini oching yoki «Обзор» knopkasini bosing.
Qidirishni boshlash uchun «Найти» (topilsin) tugmachasini bosing.
«Выполнить» komandasi yordamida dasturni ishga tushirish.
Agar, foydalanuvchiga dasturning nomi va uning qaysi papkada joylashganliga, ya’ni boshqacha qilib aytganda, bu dasturga yo‘l aniqbo‘lsa, u holda, bu dasturni «Выполнить» komandasi yordamida ishga tushirish eng oson yo‘l hisoblanadi.
Buning uchun:
««Пуск»» tugmachasi bosiladi va «Выполнить» komandasiga o‘tiladi. Dasturning nomi, papkaning nomi yoki hujjat nomi yoziladi va OK knopkasini bosiladi.
Dasturni «Выполнить» komandasi yordamida ishga tushirilganda faqat faylning nomi ko‘rsatiladi yetarli, faylga yo‘l ko‘rsatilmasa ham bo‘ladi. Yo‘l- bu kompyuterdagi yoki kompyuter tarmog‘idagi faylning joylashuvi to‘g‘risidagi ma’lumotni ko‘rsatishning eng oddiy usulidir. Yo‘l odatda eng avval qattiq, yumshoq yoki kompakt-diskning nomidan boshlanadi, hamda hujjat joylashgan bir yoki bir necha papkalar nomidan va nihoyat fayl nomi bilan yakunlanadi.
Faylga to‘liq yo‘l ko‘rsatish uchun diskning nomini yozing va (:) qo‘ying va teskari bo‘lish belgisi (g‘) ni qo‘ying. So‘ngra, ochilishi kerak bo‘lgan papkalarni birin-ketin yozib chiqing. Papkalarning joylanish ketma-ketligi ularning ochilish ketma-ketligi bilan bir xilda bo‘lishi kerak. Agar, papkalar bir nechta bo‘lsa, ularning nomlari ham teskari bo‘lish belgisi (g‘) bilan ajratilishi kerak.
Dostları ilə paylaş: |