Piktogrammani o‘chirish
Piktogrammani dastur guruhi darchasidan o‘chirish uchun unda sichqoncha tugmachasini bosib, [Del] tugmachasi kiritiladi. Ekrandagi savolga javoban tasdiq javobi beriladi.
Dasturlar guruhini qidirish, tashkil qilish va o‘chirish
Dasturlar guruhi piktogrammasini ochish uchun unda 2 marta sichqoncha tugmasi bosiladi.
Piktogramma yoki darchani topish uchun [Ctri] - [F6] tugmachalari ular ekranda hosil bo‘lguncha bosiladi. Yoki PB da kerakli dastur garuhi tanlanadi.
Dasturlar guruhini tashkil qilish uchun PB da File menyusida NEW punkti tanlanadi. Keyin PROGRAM GROUP satri tanlanib, OK bosiladi. Bunga javoban ekranda savol hosil bo‘ladi. Bunda DESCRIPTION satrida tashkil etilayotgan gruppa nomi GROUP FILE satrida gruppa haqidagi ma’lumotlar saqlanayotgan fayl nomi kiritiladi. Odatda bu fayl GRP kengaytgichiga ega. Fayl nomi ko‘rsatilmasa, uni PB o‘zi tanlaydi. Faylning nomini kiritib, OK ni tanlash maqsadga muvofiq.
Dasturlar guruhini o‘chirish uchun uni piktogrammaga aylantirib sichqoncha tugmasini piktogrammada bosib, {DEL} tugmachasi kiritiladi. Ekrandagi savolga javoban, piktogrammani o‘chirishingizni tasdiqlang.
Dasturlar guruhi dasturlarini [Del] tugmachasi yordamida birma-bir o‘chirish ham mumkin. Dasturlar o‘chirilgandan so‘ng guruhning o‘zi ham o‘chiriladi.
Dasturlar guruhini qayta nomlash uchun uni piktogrammaga aylantirish zarur. Keyin [Alt] - [Enter] bosiladi. Bunga javoban yangi nomi kiritilib, OK tanlanadi.
Hujjatlar bilan ishlash. Hujjat hosil qilish.
Hujjatni hosilqilish uchun quyidagi amallar ketma-ketligini bajarish lozim ;
File menyusidan OPEN komandasini tanlang.
DIRECTORIES - kataloglar ro‘yxatiga o‘ting.
Fayl joylashgan katalogni ochish uchun katalog nomida sichqoncha tugmasini ikki marta bosiladi, yoki uni [] ,[] tugmachalari yordamida tanlanib, [Enter] bosiladi. Natijada WINDOWS katalogning fayllar ro‘yxatini chiqaradi.
File menyusiga o‘tib, kerakli faylni tanlang. Fayl nomida sichqoncha tugmasini ikki marta bosing.
Dostları ilə paylaş: |