Ызбекистон республикаси олий ва ырта махсус таълим вазирлиги



Yüklə 1,64 Mb.
səhifə28/116
tarix07.01.2024
ölçüsü1,64 Mb.
#202599
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   116
INFORMA-lot (1 var)

2. WINDOWS muhitida ishlash.
Windows to‘g‘risida barcha ma’lumotlarini olish uchun, ma’lumotlar olish tizimiga murojaat qilish kerak. Bu tizim yordamida, shunindek, bajarilayotgan masalalar soni va ekrandagi barcha elementlar to‘g‘risida ham ma’lumot olish mumkin.
Agar, ma’lumotlar olish tizimi Windows ning asosiy menyusi, «Мой компьютер» papkasining «Справка» menyusi yordamida yoki Windows kuzatuvchi yordamida ochilgan bo‘lsa, u holda, ekranda Windows ning ma’lumotlar olish tizimi paydo bo‘ladi. Agar, ma’lumotlar olish biror dasturning Справка menyusi yordamida ochilgan bo‘lsa, masalan, Paint grafik redaktori yoki Microsoft Word matn redaktorining, (ichidagi Справка menyusi) u holda, ekranda tegishli dasturning ma’lumotlar tizimi paydo bo‘ladi. Windows da «Проводник» bilan ishlash juda yaxshi natija beradi. «Проводник»ka o‘tish uchun klaviaturadan «Пуск» tugmasi yordamida yoki sichqonchaning strelkasini «Пуск» tugmasiga olib kelib sichqonchaning o‘ng tomoninin bosish kerak.


«Проводник» fayllar menyudan, papkalardan, uskunalar panelidan iborat. Bunda fayllar bilan ishlash, yangi papkalar hosil qilish, komandalar bilan ishlash mumkin. Har bir menyu qatorining o‘z bo‘limlari bor.
Fayllar va papkalar
Fayl-bu diskdagi biror nom bilan ataladigan sohadir. Bu ta’rifni biz MS DOS operatsion sistemasini o‘rganishda ham uchratganmiz. MS DOS va WINDOWS 3.11 OC laridan farqli o‘laroq Windows 2000 OS da fayllarga ham yorliq (maxsus belgi) qo‘yiladi.
Papkalardan esa, fayllar majmui joylashgan bo‘ladi. Papka ichida yana papka joylashgan bo‘lishi ham mumkin. Bu asosan MS DOS dagi kataloglarning analogidir.
Papkalardan yoki fayllardan nusxa olish uchun yoki bir joydan boshqa joyga ko‘chirib o‘tish uchun «Мой компьютер» belgisini tanlang va sichqon tugmachasini ikki marta bosing. Kerakli faylni (yoki papkani) toping va sinqoncha tugmasini bosing.
Faylni ko‘chirish uchun «Правка» menyusidagi «Вырезать» komandasini tanlang. Fayldan nusxa olish uchun esa – quyidagilar bajariladi:

  • «Правка» menyusidagi «Копировать» komandasini tanlang.

  • Faylni ko‘chirish kerak bo‘lsa papkani oching

  • «Правка» menyusidagi «Вставить» komandasini tanlang.

Shu yerda ikki xil operatsiya, ya’ni fayllarni ko‘chirish va fayllardan nusxa olish operatsiyalarining o‘zaro farqiga to‘xtalib o‘tsak.
Fayllarni ko‘chirish - faylni bir papkadan boshqa papkaga o‘tkazish yoki bir diskdan boshqa diskga o‘tkazish tushuniladi.
Lekin fayl eski papkada qolmaydi.

  • Fayllardan nusxa olish-faylni bu ham bir papkadan boshqa papkaga, bir diskdan boshqa diskga o‘tkazish tushuniladi. Ammo, bu holda, faylning bir nusxasi eski joyda qoladi.

Fayllarni yoki papkalarni o‘chirish



  • Buning uchun «Мой компьютер» belgisini tanlang va sichqon tugmachasini ikki marta bosing. O‘chirilishi kerak bo‘lgan fayl (yoki papkani) toping va sichqon tugmachasini bosing.

  • Fayl menyusidagi «Удалить» (o‘chirish) komandasini toping.

O‘chirilgan fayllar Корзина (savatcha)ga solib qo‘yiladi. Savatcha o‘chirilgan fayllarni vaqtincha joylab qo‘yishga muljallangan. Fayllarni qattiq diskdan haqiqiy o‘chirib tashlash faqatgina savatcha «tozalangandagina» amalga oshiriladi. Disketadan o‘chirib yuborilgan fayllar savatchaga joylashtirilmaydi


Yüklə 1,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin