4. Printerni o‘rnatish. Printer drayverlarini qo‘shish va portini tanlash.
Windowsda chop etish bajarilishi uchun printer drayveriga komandalarni yuborish manzilini ko‘rsatish zarur. Bu jarayon printerni bog‘lash jarayoni hisoblanadi. Odatda printer LPT1 portiga ulanadi.
Portni ko‘rsatish uchun FB (yoki Проводник)ni MAIN guruhidagi ПАНЕЛЬ УПРАВЛЕНИЯda sichqoncha tugmasi ikki marta bosiladi. Unda PRINTERS (yoki «Принтеры и факсы») piktogrammmasiga kiriladi. INSTALLED PRINTERS (yoki «Принтеры и факсы») maydonida drayverlar va ularga mos portlar ko‘rsatiladi.
Ularni o‘zgartirish uchun sichqoncha tugmasi bosiladi. Keyin CONNECT komandasi tanlanadi.
Kompyuterdan portga chop etish uchun PORTS ro‘yxatida printer bog‘langan portni tanlash lozim. Bunda quyidagilardan birini tanlash mumkin:
Local - kompyuterga ulangan printer uchun;
Network - tarmoqqa ulangan printer uchun;
Not Present - portdan foydalanib bo‘lmaydi.
Chop etishni faylga bajarish uchun PORTS ro‘yxatidan FILYE menyusini tanlash zarur. Bu xolda chop etishdan avval fayl nomi so‘raladi.
Chop etishni tashkil qlish. Shriftlar bilan ishlash
Windows ixtiyoriy shriftni ta’minlash va deyarli barcha printerlar bilan ishlash imkoniyatiga ega.
Windows ma’lumotni printerga chop etish jarayonida printer bilan emas, balki maxsus grafik qurilmalar bilan interfeysi funktsiyalaridan foydalaniladi.
Bunda printerga chop etilishi zarur bo‘lgan ma’lumot haqidagi axborot o‘zatiladi. Printer drayveri bu ma’lumotni printerga moslashtirib, mos portga yuboradi.
PRINT MANAGER (Printer boshqaruvchisi) chop etish komandasini diskdagi faylga yozadi, keyin komandani printerga o‘zatadi.
Printer drayveri parametrlarini o‘rnatish.
Chop etish parametrlarini kiritish uchun ПАНЕЛЬ УПРАВЛЕНИЯ va PRINTERS (yoki «Принтеры и факсы»)dagi SETUP punktida sichqoncha tugmasi bosiladi.
Natijada ekranda printer drayveri parametrlari so‘raladi. Ignali printerlar parametrlar tavasifi quyidagicha:
Dostları ilə paylaş: |