Drive - boshka diskga o‘tkazadi.
Menyuning "FILES" punkti fayllar ustida turli amallar bajarish imkonini beradi. Bu amallarning ko‘pchiligi funktsional tugmachalarga biriktirilgan.
Bunda:
Help - ko‘rsatma olish;
User menyu - foydalanuvchi komandalari menyusini chiqarish;
View - fayl matnini ekranda chiqarish;
Edit - fayl matnini tahrirlash;
Copy - faylni yoki fayllar guruhi nusxasini olish;
Renmow - fayl yoki katalog nomini o‘zgartirish;
Mkdir - katalog tashkil qilish;
Delete - faylni, fayllar guruhi yoki katalogni o‘chirish;
File Attributes - fayl atributlarini o‘rnatish;
Select Croup - fayllar guruhini ajratish;
Unselect Group - fayllar guruhini ajratishni bekor qilish;
Quit - NC dan chiqish;
Invert selection - ajratilgan fayllarni ajratishni bekor qilib, ajratilmagan fayllarni ajratish;
Restore selection - ajratishni qayta o‘rnatadi.
Menyuning "COMMANDS " punkti NC ning quyidagi komandalarini bajaradi:
NCD tree - Ekranda kataloglar daraxtini hosil qiladi.
Find file - Diskda faylni qidiradi.
History - MS DOS ning komanda satrida kiritilgan komandalar ro‘yxatini beradi.
EGA lines - Ekrandagi satrlar sonini 25 dan 43 taga o‘tkazadi.
System information - Kompyuter va operativ xotira haqidagi ma’lumotni beradi.
Swap panels - NC panellar o‘rnini almashtiradi.
Panels on / off - Panelni ekrandan o‘chiradi va o‘rnatadi.
Compare directories - Panellardagi kataloglarni solishtirib, farqini ko‘rsatadi. Farqli fayllar ajratiladi.
Terminal Emulation - Modem orqali ma’lumot almashuvini ta’minlovchi dasturni ishga tushiradi.
Menyu file edit - Foydalanuvchi menyusini tahrirlaydi.
Extension file edit - NC.ext faylini tahrirlaydi.
Menyuning "OPTIONS" punkti NC konfiguratsiyasini, NC ishlash rejimlarini, fayllarni tahrirlash uchun tahrirlagich turini kiritadi.
Bunda:
Dostları ilə paylaş: |