komandasi kiritiladi va fayl satrlari klaviaturadan kiritiladi. Har bir satr (Enter) bilan, oxirgisi esa, (F6) + (Enter) bilan tugatiladi. Natijada ekranda quydagi javob chiqadi:
1 file (s) copied (1 ta fayl nusxasi ko‘chirildi)
va diskda faylning nomi hosil bo‘ladi.
Masalan -copy con xxx.doc - joriy katalogda xxx.doc fayli hosil bo‘ladi.
Faylni qayta nomlash
Faylni qayta nomlash komandasi ren (“rename” - qayta nomlash). U quyidagicha
ren (Disk:) (Yo‘l/) < Faylning yangi nomi>
Masalan -ren xxx.doc xxx. txt - komanda joriy katalogdagi xxx.doc fayli nomini xxx.txt ga o‘zgartiradi.
Faylning nusxasini ko‘chirib o‘tish
Faylning nusxasini ko‘chirish komanda nomi (“copy” - nusxa ko‘chirish). Uning formati quyidagicha:
copy
yoki
copy
Birinchi komandada nomi ko‘rsatilgan faylning nusxasi ko‘rsatilgan nom bilan kuchiriladi. Ikkinchi komandada faylning nusxasi ko‘rsatilgan katalogga kuchiriladi.
Faylning nusxasini printerga olish uchun
copy prn
komandani kiritish yetarli.
Masalan - copy xxx.doc xxx.txt - joriy katalogda xxx.doc faylining nusxasi xxx.txt ni hosil qiladi.
Copy a:g‘ *.* - A diskning tub katalogidagi barcha fayllar nusxasini joriy kataloga kuchiradi.
Fayl matnini ekranga chiqarish
Fayl matnini ekranga chiqarish uchun
type
komandani kiritish zarur. Natijada ekranda fayl matni hosil bo‘ladi.
- ma’lumot chiqishini to‘xtatish uchun (Ctrl) + (S) bosiladi.
Masalan -type paper.doc
komandasi ekranga paper.doc fayl matnini ekranga chiqaradi.
-Monitor ekranini tozalash uchun Cls komandasi kiritiladi. Natijada, MS DOSning taklifi ekranning birinchi satriga ko‘chadi.