2. Diskdagi fayl va kataloglar
Joriy disk bu siz tomoningizdan ayni paytda ishlatilayotgan diskdir. MS DOS foydalanuvchi so‘rayotgan fayllarni joriy diskdan qidiradi. MS DOSning maxsus komandalari joriy diskni o‘zgartiradi.
Foydalanuvchi ishlayotgan laqzadagi katalog joriy katalog deb ataladi. Agar MS-DOS komandasida faylning nomi ko‘rsatilsa u holda bu fayl joriy katalogdan qidiriladi yoki tashkil qilinadi.
Disketalar
Disketalar ma’lumotlarni bir kompyuterdan ikkinchisiga o‘tkazish va ma’lumotlarni saqlash uchun ishlatiladi. Asosan 5.25 va 3.5 dyuymli disketalardan foydalaniladi.
5.25 dyuymli disketalar hajmiga ko‘ra turlicha bo‘ladi -180, 360 Kbayt va 1.2, 2 Mbayt. Shuning uchun ularni 360 Kbaytli disklarni o‘qish qurilmasidan o‘qish mumkin emas. Ularni maxsus disk o‘qish qurilmasida o‘qiladi.
3.5 dyuymli disketalar hajmi 720, 1.44, 2 va 2.88 Mbayt. Ular ishonchliroq, chunki qattiq plastmass qobiq ichida joylashgan. Hozirgi kunda 3.5 dyuymli disketalar ko‘proq tarqalgan. Disketalarni maxsus himoya tirqishi bor, agar u berkitilsa, disketaga ma’lumot yozish mumkin bo‘lmaydi. 3.5 dyuymli disketalarda bu vazifani disketa pastki chap qismida joylashgan maxsus tugmacha bajaradi. 360 Kbaytli disketa 2 intervalda bosilgan 200 betli ma’lumotni o‘zida saqlashi mumkin.
Diskning nomlanishi
Shaxsiy kompyuter turli magnit disklar bilan ishlaydigan maxsus qurilmalarga egaligi ta’kidlangan edi. Disketalar bilan ishlashni ta’minlaydigan qurilmalar A -va B -xarflar bilan nomlanadi.
Qattiq disk C -bilan nomlanadi.
Masalan. Shaxsiy kompyuter ikkita disketalar bilan ishlovchi A -B - qurilmalarga va kattik disk C - ga ega bo‘lishi mumkin. Qulaylik uchun odatda C diski qismlarga bo‘linadi. Ular D, E, F va hokazolar bilan nomlanadi.
Joriy diskni o‘zgartirish
Joriy diskni o‘zgartirish uchun disk nomidan keyin (:) qo‘yiladi, ya’ni:
a -- A -diskka o‘tish uchun, с:а с dan a ga
b -- B -diskka o‘tish uchun, с:в с dan b ga
c -- C -diskka o‘tish uchun. а:с a dan c ga o‘tishlar
Dostları ilə paylaş: |