Utilitalar foydalanuvchilarga sifat jihatidan yangi interfeys taqdim etadi. OT foydalanuvchi operatsiya va buyruqlarini ikir-chikirigacha bilishdan ozod etadi. Utilitalar foydalanuvchiga qo‘shimcha xizmatlarini (maxsus dasturlar ishlab chiqishni talab etmaydigan) asosan disklar va fayllar tizimlari bo‘yicha xizmat ko‘rsatish ko‘rinishida taqdim etadi.
Utilitalar ko‘pincha quyidagi vazifalarini bajaradi;
disklarga xizmat ko‘rsatish (axborotni shaklga solish, saqlashni ta’minlash, to‘xtatish va boshqalar yuz berganda uni tiklash imkoniyati);
fayl va kataloglarga xizmat ko‘rsatish (huddi qobiqlar kabi);
Virusga qarshi himoyali dasturiy vositalar viruslarini topish va davolashni ta’minlaydi. Virus atamasi bilan turli noma’qul harakatlarni amalga oshirib boshqa dasturlarga kirib olgan holda ko‘payishga qodir bo‘lgan dastur tushuniladi.
Tizimli va amaliy dasturlar dasturlashtirish tillari yordamida tuziladi. Bu jarayonda yozilgan dastur dasturlashtirish tili translyatori orqali mashina tiliga tarjima qilinadi.
Dasturlashtirish tili translyatori deb, dasturlashtirish tilidan (odatda) mashina kodiga dastur matnini tarjima qilishni amalga oshiruvchi dasturga aytiladi.
Dasturlashtirishning kirish tili, translyator, mashina tili, standart dasturlar kutubxonasi, translyatsiya qilingan dasturlarni sozlash va bir butunlikka jamlash vositalarini o‘z ichiga olgan vositalar majmui dasturlashtirish tizimi deb ataladi. Dasturlashtirish tizimida translyator dasturlashtirishning kirish tilida yozilgan dasturni aniq bir EHMning mashina buyrug‘i tiliga tarjima qiladi. Kirish tilidan tarjima qilish usuliga bog‘liq holda translyatorlar kompilyator va interpretatorlarga bo‘linadi.