Trackball - sichqoncha kabi, shar shaklidagi manipulyator. Sharni aylantirish natijasida mos ravishda ekrandagi tasvir ham suriladi.
Tarmoq adapteri - Kompyuterni mahalliy tarmoqqa ulash imkonini beradi.
Shaxsiy kompyuterni ishga tayyorlash va o‘chirish tartiblari mavjud. Avvalambor, kompyuterning tarmoq kuchlanishiga mosligini tekshirish kerak. Shaxsiy kompyuterlar uchun kuchlanishning o‘zgarishi, ayniqsa keskin o‘zgarishlar xavfli bo‘lishi mumkin. Shuning uchun maxsus stalibizatorlardan yoki elektr quvvati uzluksizligini ta’minlovchi- UPS qurilmasidan foydalanish tavsiya etiladi. Maxsus UPS qurilmasi elektr quvvatini o‘zgarmas holda ushlab turadi, hamda elektr manbai o‘chirilgandan keyin muayyan vaqt davomida kompyuter ishlashini ta’minlab turadi. Bu vaqt kompyuterda bajarilayotgan ishlarni tugatish uchun yetarlidir.
Kompyuterni ishga tayyorlash tartibi quyidagicha
- stabilizator yoqiladi;
- monitor yoqiladi;
- protsessor yoqiladi;
- printer kerak bo‘lsa, yoqiladi.
Shundan keyin ekranda tekshiruvchi maxsus dastur natijalari, hamda operatsion tizimni ishga tushiruvchi dasturlar haqida ma’lumotlar chiqadi. Operatsion tizim ishga tushgach, u komandalarni berishni taklif qiladi. Kompyuterdan to‘liq foydalanish to‘g‘ri o‘chirishga ham bog‘liq. Buning uchun quyidagilar bajariladi:
- ishlayotgan dasturlar tugatiladi.
- printer yoqilgan bo‘lsa, o‘chiriladi.
- protsessor o‘chiriladi.
- monitor o‘chiriladi.
- stabilizator o‘chiriladi.
Tayanch iboralar:
Klaviatura - ma’lumotlarni kompyuterga kirituvchi qurilma.
Monitor - ma’lumotni tasvirini beruvchi qurilma.
Sichqoncha – foydalanuvchining klaviaturadagi qo‘l mehnatini yengillashtiruvchi qurilma.
Modem - telefon tarmog‘i orqali boshqa kompyuter bilan ma’lumot almashish imkoniyatini beradi.
Dostları ilə paylaş: |