Ызбекистон республикаси олий ва ырта махсус таълим вазирлиги


Klaviaturaning maxsus tugmachalari



Yüklə 1,64 Mb.
səhifə8/116
tarix07.01.2024
ölçüsü1,64 Mb.
#202599
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   116
INFORMA-lot (1 var)

Klaviaturaning maxsus tugmachalari

Klaviaturada alifbo, raqamli va tinish belgili tugmachalardan tashqari maxsus tugmachalar bor.


- (Enter) tugmachasi (“Enter” so‘zi inglizcha so’z bo’lib “kirish” ma’nosini anglatadi) satr kiritilishini tugaganligini bildiradi. Masalan, MS DOS komandalarini kiritilishi uchun har bir komanda (Enter) tugmachasining bosilishi bilan tugallanishi kerak. dir.
- (Del) tugmachasi, to‘liq “delete” so‘zidan olingan bo‘lib, “olib tashlash” ma’nosini bildiradi va kursor ko‘rsatayotgan belgini olib tashlash uchun ishlatiladi.
- (Ins) tugmachasi (to‘liq «insert» so‘zidan olingan bo‘lib, “surish” ma’nosini bildiradi) belgilarni kiritishda rejimidan almashtirish rejimiga o‘tishni “surish”ta’minlaydi.
- (Backspace) tugmachasi kursordan chapdagi belgini o‘chiradi.
- (Home), (End), (PgUp), (PgDn) tugmachalari kursorni boshqarish tugmachalari deyiladi. (Home-satr boshiga, End-satr oxiriga) surilishiga va matnni “varaqlashga” (PgUp - orqaga, PgDn - oldinga) olib keladi.
- (Numlock) (raqamlar rejimi) tugmachasi bosilgan holda, klaviatura o‘ng tomonda joylashgan 1-9, 0 raqamlaridan foydalanish mumkin, aks holda kursorni boshqarish tugmachalari ishlamaydi.
- (Esc) tugmachasi (“escape” so‘zi “qochish” ma’nosini bildiradi) komandani bekor qilish, dasturdan chiqish uchun foydalaniladi.
- (F1) dan to (F12) gacha funktsional tugmachalar turli maxsus amallarni bajarish uchun zarur. Ularning vazifasini bajarayotgan dastur belgilaydi.
- (Ctrl), (Alt) maxsus tugmachalar. (Shift) kabi boshqa tugmachalar vazifasini o‘zgartiradi. Bu tugmachalar boshqa tugmachalar bilan birgalikda dastur ishiga ta’sir ko‘rsatadi.
- (Prtscr) - tugmachasi ekrandagi tasvirni printerga chiqaradi.
- (Break) - tugmachasi dastur ishini to‘xtatish uchun ishlatiladi.


Tugmachalarning maxsus majmualari

(Ctrl)+(Break) Ishlayotgan dastur yoki komanda tugatilishini ta’minlaydi.


(Ctrl)+(Alt)+(Del) MS DOS tizimini qayta yuklanishini ta’minlaydi. Operatsion tizimni xotiraga qayta yuklaydi.
(Shift)+(Prtscr) ekrandagi axborot nusxasini printerga chiqarish rejimini ulash va o‘chirishni ta’minlaydi.
(Ctrl)+(Numlock) - Dastur ishini to‘xtatib turadi. Davom etish uchun ixtiyoriy tugmacha bosiladi.
MS DOS tizimi bilan muloqot uchun foydalanuvchi quyidagicha maxsus tugmachalar majmuidan foydalanish mumkin.
(Ctrl)+(C) komanda yoki dastur ishini tugatadi.
(Ctrl)+(P) Ekrandagi ma’lumot nusxasini printerga ko‘chirishni tashkil etadi.
(Ctrl)+(S) Dastur bajarilishini to‘xtatib turadi.
(F6) - Fayl oxiri belgisini kiritadi. Bu simvol (Ctrl)+(Z) bilan belgilanadi.

Yüklə 1,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin