2-ma’ruza.
SHEHMning tuzilishi. SHEHMning asosiy va yordamchi qurilmalari
Reja:
1. EHMning tuzilishi.
2. SHEHMning asosiy qurilmalari.
Protsessor. Monitor. Klaviatura.
3. SHEHMning yordamchi qurilmalari.
4 . Shaxsiy kompyuterdan foydalanish va uni ishga tayyorlash.
EHMning tuzilishi
Dastlabki hisoblash uchun yaratilgan kompyuterlarning imkoniyatlari hozirgi kunda “behisob” desak adashmaymiz. Shunday imkoniyatlarga IBM PC kompyuteri ham egadir. Bu kompyuter mashhur International Business Machines Corporation korxonasining mahsulidir. IBM PC kompyuterlarining AT 386, 486 SX, 486 DX, 586 hamda Pentium turlari respublikamizda keng tarqalgan. Shuning uchun quyida IBM PC kompyuteri tavsifini keltiramiz. Ushbu qismda IBM PC kompyuteri asosiy qurilmalari -protsessor, monitor, klaviatura tavsifi batafsil yoritilgan. Yordamchi qurilmalar vazifasi va imkoniyatlari qayd qilingan. Shuningdek kompyuterdan foydalanish qoidalari, kompyuterni ishga tushirish tartiblari keltirilgan.
2. SHEHMning asosiy qurilmalari
IBM PC shaxsiy kompyuteri quyidagi asosiy qurilmalardan tashkil topgan.
-protsessor,
-monitor,
-klaviatura.
Protsessor – asosiy qurilma bo‘lib, unda mikroprotsesor, operativ xotira, qattiq disk, kontroller, disketalar bilan ishlash uchun qurilmalar va xokazolar joylashadi.
Monitor – protsessorda qayta ishlanayotgan ma’lumotlarni ekranda aks ettiruvchi, umuman ma’lumotlarni foydalanuvchiga tasvirlovchi qurilmadir.
Klaviatura – kompyuterga ma’lumotlarni kiritish va buyruq berish vositasi bo‘lib, lotin va kiril xarflari, funktsional va yordamchi klavishalar kabilardan iborat.
Protsessor
Protsessor asosan quyidagi qurilmalardan tashkil topadi.
- Mikroprotsessor - kompyuterni boshqarish va barcha hisob ishlarini bajaradi. Mikroprotsessor turli amallarni tez bajarish qobiliyatiga ega. Uning tezligi sekundiga 100 million amalgacha va undan ortiq bo‘lishi mumkin.
- Operativ xotira protsessor uchun zarur bo‘lgan dasturlar va ma’lumotlarni saqlaydi. Kompyuter o‘chirilishi bilan operativ xotiradagi ma’lumotlar o‘chiriladi.
- Qattiq disk dastur va ma’lumotlarni doimo saqlaydi.
- Elektron sxemalar kompyuterga kiruvchi (monitor, klaviatura va xokazalar ) turli qurilmalar ishini boshqaradi .
- Kiritish-chiqarish porti orqali protsessor tashqi qurilmalar bilan ma’lumot almashadi.
- Ichki qurilmalar bilan ma’lumot almashuvi uchun maxsus umumiy portlar mavjud.
-Umumiy portlarga printer, sichqoncha ulanishi mumkin. Umumiy portlar 2 -xil bo‘ladi parallel – LPT1 – LPT4 bilan belgilanadi va ketma-ket - COM1-COM3 bilan belgilanadi. Parallel portlar kirish - chiqishni ketma-ket portga nisbatan tezroq bajaradi.
Dostları ilə paylaş: |