Ызбекистон республикаси олий ва ырта махсус таълим вазирлиги


EHM avlodlari almashuvi haqida ma’lumotnoma



Yüklə 1,64 Mb.
səhifə3/116
tarix07.01.2024
ölçüsü1,64 Mb.
#202599
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   116
INFORMA-lot (1 var)

2. EHM avlodlari almashuvi haqida ma’lumotnoma

E
lektron hisoblash mashinalari xozirgi kunda inson foydalanayotgan xolatiga kelguniga kadar bir qancha davrlarni bosib o‘tgan va ular o‘zlarining turli afzallik, kamchiliklari bilan farqlanganlar.


Elektron hisoblash mashinalarining rivojlanish jarayonidagi avlodlar quyida gilar -
1-avlod (1950 yillar boshida). Element bazasi elektron chiroqlardan iborat. EHM katta hajmi, ko‘p elektr quvvati iste’mol etishi, kam harakatchanligi, kam ishonchliligi, kodlarda dasturlanishi bilan ajralib turgan.
2-avlod (1950 yillar oxiridan). Element bazasi yarim o‘tkazgichli elementlardan iborat. Oldingi avlod EHMga nisbatan barcha texnik xususiyatlari yaxshilangan. Dasturlashtirish uchun algoritmik tildan foydalanilgan.
3-avlod (1960 yillar boshi). Element baza integral chizmalardan iborat. EHM hajminng keskin kichrayishi, ishonchliligining ortishi, samaradorligini ortishi, ma’lum masofadagi terminallardan alohida bo‘lish.
4-avlod (1970 yillar o‘rtalaridan). Element bazasi - mikroprotsessorlar, katta integral chizmalar. Texnik xususiyatlari yaxshilangan. Shaxsiy kompyuterlarning ommaviy chiqarilishi. Asosiy yutuqlaridan biri - rivojlanish yo‘nalishi; yuqori ishlab chiqarish quvvatiga ega qudratli ko‘p protsessorli hisoblash tizimlari arzon mikro EHMlarni yaratilishidir.
5-avlod (1980 yillar o‘rtalaridan). Intellektual kompyuterlar ishlab chiqarila boshlandi.


3. Axborotni o‘lchash va EHMda saqlash

SHEHM yordamida qanday ishlarni amalga oshirish mumkin ekanligi va buning uchun foydalanuvchi tomonidan nimalar lozimligini bilish uchun avvalo SHEHMning tuzilishi hamda uning ishi nimalarga asoslanganligi bilan tanishib chiqish kerak bo‘ladi.


SHEHMlar axborotlar ustida ish olib borish uchun qo‘llaniladi. Bu axborotlar ustida ish olib borish esa EHMga yozilgan turli dasturlar orqali belgilanadi. Ana shuning uchun ishni avvalo axborot tushunchasi bayonidan boshlaganimiz ma’qul.
Axborot - olamidagi butun borliq, undagi ro‘y beradigan hodisalar haqidagi xabar va ma’lumotlardir.
Axborot inson nutqida, kitoblardagi matnlarda, olimning ixtirosida, musavvir tasvirida, turli o‘lchov asboblarida va boshqalarda mavjuddir.
Ana shu turli-tuman axborotlardan inson o‘z oldiga qo‘ygan maqsad yo‘lida foydalanadi.
Inson turli a’zolari yordamida axborotlarni qabul qiladi, ongi bilan idrok etadi va xotirasida saqlaydi. Ammo insoniyat o‘z taraqqiyoti davrida shu darajada ko‘p axborot to‘plaganki, ularning barini saqlash va idrok etish uchun insonning ongi ojizlik qiladi. Asrimiz mo‘jizasi bo‘lgan EHMlarni yaratilishi bejiz emas, ular turli-tuman axborotlardan foydalanish, ularni saqlash va kelajak avlodga uzatish uchun insonga hamisha ko‘makdoshdir.
Informatika – axborotlarni to‘plash, qayta ishlash va uzatishni EHMlar yordamida amalga oshirilishni o‘rganadigan fan. Axborot juda keng tushuncha bo‘lib, uni uncha katta bo‘lmagan elementar bo‘laklarga bo‘lish mumkin. Bunda harf-matnli axborotni elementar qismi hisoblanadi.
Agar axborotning har bir elementar qismi son shaklida tasvirlangan bo‘lsa, u kodlangan deyiladi. Masalan, matnning har bir xarfi va simvoli kodlangan bo‘lsa, matnning o‘zi ham kodlangan bo‘ladi. EHMlar faqat kodlangan axborotni qayta ishlaydi.
Axborotlarning o‘lchov birliklari ichida eng kichigi bit.
Bir bit axborot-bu bitta ikkilik raqam -0 yoki 1. Bir bit birlik juda kichik axborot bo‘lagi bo‘lgani uchun, amalda ko‘proq bayt birligi ishlatiladi.
Bir bayt 8 bitdan iborat. 1 baytda 256 tagacha simvollarni va xarflarni kodlash mumkin. Masalan, ulardan 52 tasi ingliz tili alfaviti uchun, 66 tasi rus alfaviti uchun, 10 tasi raqamlar uchun va qolgan 128 tasi boshqa simvollar uchun mo‘ljallangan.
Bir bayt nafaqat axborot birligi, balki EHMlar xotirasining elementar yacheykasi hamdir. EHM xotirasi shunday yacheykalarning ketma ketligidan tashkil topgan. Xotira hajmini o‘lchashda baytdan kattaroq birliklardan kilobayt (Kbayt) va Megabayt (Mbayt)lardan ko‘p foydalaniladi.
1 bayt - 8 bit
1 Kbayt-1024 bayt
1 Mbayt-1024 Kbayt
EHM bu elektron-raqamli qurilma. Elektron qurilma deyilishiga sabab, u har qanday axborotni elektron signallar yordamida qayta ishlaydi. Raqamli qurilma deyilishiga sabab, har qanday axborot sonlar ko‘rinishida beriladi.



Yüklə 1,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin