Uslubiy ko‘rsatmalar
1.X.N Zayniddinov, A.Abdullayev Informatsion texnologiya -Word redaktorida amaliy ishlash T- 2003
2. X.N Zayniddinov, A.Abdullayev Informatsion texnologiya -Windows 98 da amaliy ishlash T-2003
4-Ma’ruza.
MS - DOS operatsion tizimi va Norton Commander dastursi
Reja:
Operatsion tizim haqida boshlang‘ich ma’lumot, uning tarkibiy qismlari.
Diskdagi fayl va kataloglar.
Fayl va kataloglar bilan ishlash.
Norton Commander haqida umumiy ma’lumot va uning imkoniyatlari.
NC da funktsional tugmachalar.
NC dastur menyusi.
1. Operatsion tizim haqida boshlang‘ich ma’lumot
Operatsion tizim - kompyuter bilan foydalanuvchi o‘rtasida muloqotni o‘rnatadi, kompyuter asosiy qurilma manbalarini, qo‘shimcha qurilmalarining ishini boshqaradi. Operatsion tizim dasturlari operativ xotiraga qo‘chiradi bu dasturlarning talablarini bajarib, ishini ta’minlaydi. Dastur vazifasini bajarib bo‘lgandan so‘ng operativ xotirani undan tozalaydi, ya’ni foydalanuvchi ishlashi uchun operativ xotirada keng maydon yaratadi.
OT komandalari asosida foydalanuvchi diskni nomlash, fayllar nusxasini ko‘chirish, ekranda kataloglar ketma-ketligini olish ixtiyoriy dasturlar, printer, displey bilan bevosita ishlash kabi imkoniyatlarga ega bo‘ladi.
Odatda IBM PC kompyuterlarida Microsoft Corporation firmasining MS DOS yoki uning variantlari PC DOS NOVELL DOS, COMPACT DOS va boshqa operatsion tizimlari o‘rnatiladi.
MS DOS OT quyidagi qismlardan tashkil topadi:
- BIOS - kompyuterning doimiy xotirasida joylashgan. Uning vazifasi kiritish - chiqarish bilan bog‘liq operatsion tizimning eng sodda va universal xizmatlarini bajarishdan iborat. Bu tizim kompyuter yoqilganda, uning xotirasi va qurilmalarini ishlashini tekshiruvchi testni ham o‘z ida saqlaydi. Bundan tashqari, unda OT yuklovchisini chaqiruvchi dastur joylashgan;
- OT yuklovchisi juda qisqa dastur bo‘lib, u MS DOSli disketaning birinchi sektorida joylashadi va uning vazifasi MS DOSni qolgan 2 modulini o‘qishdan iborat;
- IO.SYS va MSDOS.SYS diskli fayllar. Ularni OT yuklovchisi xotiraga ko‘chiradi va kompyuter xotirasida doimo saqlaydi. IO.SYS BIOSning xotiradagi davomi hisoblanadi. MSDOS.SYS DOSning yuqori darajadagi vazifalarini bajaradi;
- MS DOSning buyruq protsessori foydalanuvchi kiritgan komandalarni qayta ishlaydi. Buyruq protsessori OT yuklanayotgan diskning COMMAND.COM faylida joylashadi. Foydalanuvchining «ichki» deb ataluvchi ba’zi komandalarini ya’ni type, dir, copy kabilarni buyruq protsessori o‘z i bajaradi. Qolgan tashqi komandalarni bajarish uchun mos dasturni qidiradi, uni xotirga ko‘chirib, boshqarishni unga o‘zatadi.
- MS DOSning «tashqi» komandalari - OT bilan birgalikda yuklanadigan alohida fayllardagi dasturlardir, masalan, format.
- Drayver qurilmalari MS DOSning kiritish - chiqarish tizimini to‘ldiruvchi va yangi qurilmalarning ishini ta’minlovchi maxsus dasturlardir. Masalan, drayver yordamida kompyuter xotirasining qismi bo‘lgan “elektron disk” bilan ishlash imkoniyati tug‘iladi. Drayverlar nomi CONFIG.SYS faylida ko‘rsatiladi.
Ko‘pincha komandalarning bir xil ketma - ketligini bajarishga to‘g‘ri keladi. Bunda buyruq fayldan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Buyruq fayl (Batch file), bu OT komandalari ketma-ketligidan iborat fayldir. Bu ketma-ketlik komandalarini klaviatura orqali alohida kiritish zarur emas. Buning uchun buyruq fayl nomini ko‘rsatish kifoya. Buyruq fayl .bat kengaytgichga ega bo‘ladi. Buyruq fayli bajarilishi uchun uning nomini kiritib "Enter" bosiladi. Buyruq fayli matnli bo‘lib, uning har bir satriga MS DOSning komandasi joylashadi. Buyruq faylida ishlashi mumkin bo‘lgan komandalar ro‘yxati MS DOSda keltiriladi. Masalan -AUTOEXEC.BAT maxsus buyruq fayli MS DOS yuklanishida ishlatiladi.
Dostları ilə paylaş: |