«Переплет» darchasida muqovalash uchun joy qoldiriladi. От края до колонтитула qismida sahifaning chetidan to sahifaning tartib raqami yozilishi kerak bo‘lgan joygacha masofa ko‘rsatiladi.
«Зеркальные поля» yozuvi oldida belgi qo‘ysangiz, hujjatda sahifalar kitobdagi kabi bir-biriga aynan aks etadi.
Hujjatning bir qismi uchun maydonlarni o‘zgartirish kerak bo‘lsa, o‘sha sahifalarni belgilab (Buning uchun mazkur qism boshlangan joydan, klaviaturadagi Shift tugmachasini bosgan holda klaviaturadan pastga qaragan ko‘rsatkich tugmachasini bosib, kerakli pozitsiyagacha olib borish zarur), Fayl menyusidagi «Параметры страницы» (Sahifa parametrlari) oynasining «Поля» (Maydon) qismida chegaralarni belgilash kerak. Shundan so‘ng «Применить» (qo‘llash) ro‘yxatidan «К выделенному тексту» (Belgilangan matnga) parametrini tanlash lozim. Belgilangan betlardan oldin va keyin avtomatik tarzda bo‘lim o‘zilish belgilari qo‘yiladi. Agar hujjat bo‘limlarga bo‘lingan bo‘lsa, kerakli bo‘lim ustida sichqonchani bir marta bosish kerak yoki bir nechta bo‘limni belgilab, maydonlarni o‘zgartirish kerak.
Har doim bir xil chegara qo‘llasangiz, faoliyatingiz boshida bir marta chegaralarni o‘rnatib, «По умолчанию» (Alohida ko‘rsatmasiz) piktogrammasini sichqoncha yordamida faollashtirib qo‘ying. Keyingi hujjatlar yaratish jarayonida sahifa chegaralari to o‘zingiz o‘zgartirish kiritmaguningizcha o‘zgarmasdan turadi.
7.7-rasm. Yuqoridagi oynaning «Размер бумаги» (Kog‘oz o‘lchami) qismida qog‘oz o‘lchami, uning holati (gorizontal joylashuv, vertikal joylashuv) o‘zgartiriladi (7.7-rasm).
A4 bichimli (210x297mm) qog‘ozdan (Siz kurs ishlari, referatlar, diplom ishlari uchun ishlatadigan qog‘oz) ko‘p foydalaniladi. Shu qog‘ozning teng yarmi — A5 bichimni, ikkitasi esa — A3 bichimni tashkil etadi.
qog‘ozga matnni to‘g‘ri va ko‘ndalang holatlarda chop etish mumkin. Buni «Ориентация» qismida aniqlab ketish zarur. «Книжная» — to‘g‘ri chop etishni, «Альбомная» — ko‘ndalang chop etishni anglatadi.
Yozuv mashinkasidan farqli o‘laroq, kompyuterda bir necha xil shriftlar mavjud. Bichimlash panelida joylashgan
darchasi yonidagi uchburchakni bosib shriftlar ro‘yxatini chiqarib, kerakli shrift tanlanadi va u faollashtiriladi. Mazkur darchaning yonida shriftlar o‘lchovi darchasi joylashgan. Undan yuqoridagi usul bilan kerakli o‘lchovni tanlab olib, so‘ng alfavit turini tanlash kerak.Klaviaturada ikki xil -kirill va lotin harflari mavjud. Kerakligini tanlab olish uchun ekranning quyida joylashgan masalalar panelidagi klaviatura indikatori ustiga sichqonchani olib borib, ro‘yxat ochiladi va hosil bo‘lgan ro‘yxatdan kerakli alfavit tanlab olinadi.