Hujjatlarni chop etish Hujjatni chop etishdan avval, u qog‘ozda qanday joylanishini oldindan ko‘rib qo‘yish maqsadga muvofiq. Bunday imkoniyatni «Предварительный просмотр» (Dastlabki ko‘rish) buyrug‘i yaratib beradi. Dastlabki ko‘rish rejimiga ushbu piktogramma orqali ham kirish mumkin. Dastlabki ko‘rish rejimidan chiqish uchun namoyon bo‘lgan oynaning piktogrammalar qatorida «Закрыть» piktogrammasini ishlatish zarur.
Hujjatni chop etish uchun «Файл» menyusining «Печать» buyrug‘i faollashtiriladi. Natijada qo‘yidagi oyna namoyon bo‘ladi (7.9-rasm).
Agar mazkur hujjatning faqat ma’lum qismini (bir necha sahifani) chop etish zarur bo‘lsa, mazkur sahifalarni «Страницы» (Saqifalar) qismida ko‘rsatish kerak. Masalan, «Номера» elementi tanlanganda chop etilishi lozim bo‘lgan sahifa yoki bir nechta sahifaning raqamlari ko‘rsatiladi.
Agar bir sahifaning ma’lum qismini chop etish lozim bo‘lsa, kerakli qismini belgilab, yuqoridagi oynada «Выделенный фрагмент» qatori oldidagi doiraga belgi qo‘yiladi.
«Число копий» (Nusxalar soni) darchasida nusxalar sonini avvaldan belgilab qo‘yish mumkin.
Bir necha nusxada chop etilayotgan hujjatning avval birinchi sahifasi barcha nusxalari, keyin boshqasining barcha nusxalarini chop etish zarur bo‘lsa, yuqoridagi belgini olib tashlash kerak.
Faqat toq yoki juft sahifalarni chop etish uchun «Файл» menyusidan «Печать» (Chop etish) buyrug‘ini tanlash kerak. Sungra «Вывести на печать» (Chop etilsin) ro‘yxatidan «Нечетные страницы» (Toq saqifalar) yoki «Четные страницы» (Juft saqifalar) belgisini tanlash lozim.
Bir yo‘la bir nechta hujjatni chop etish uchun «Открыть» (Ochish) tugmachasi bosiladi. «Папка» (Jild) ruyxatidan kerakli hujjatlar saqlanadigan jild tanlanadi. Chop etish lozim bo‘lgan hujjatlar belgilanadi. «Команды и режимы» (Buyruqlar va rejimlar) tugmachasini bosib, so‘ng «Печать» (Chop etish) tugmachasi buyrug‘i tanlanadi.
Mavjud hujjatni to‘laligicha chop etish uchun standart uskunalar paneli qatoridagi piktogrammasi tanlanadi.