· matnning ixtiyoriy qismini ajratish uchun siljitish amalini ishlatish kerak;
· so‘zni belgilash uchun kursorni so‘z ustiga olib kelib, sichqonchaning chap tugmachasini ikki marta bosish kerak;
· rasmni ajratish uchun kursorni rasm ustiga olib kelib, sichqonchaning chap tugmachasini ikki marta bosish kerak;
· matnning qatorini belgilash uchun kursorni qatorning chap chetiga olib kelib, u o‘ngga yo’naltirilgan strelka shaklini qabul qilgandan keyin, sichqonchaning chap tugmachasini bir marta bosish kerak;
· matnning bir nechta qatorini belgilash uchun kursorni qatorning chap chetiga olib kelib, u o‘ngga yo’naltirilgan strelka shaklini kabo‘l qilgandan keyin, kursorni pastga yoki yuqoriga siljitish kerak;
· gapni belgilash uchun CTRL tugmachasini bosib turgan holda gap ustida sichqonchaning chap tugmachasini bir marta bosish kerak;
· abzatsni belgilash uchun uning chap chetiga kursorni olib kelib, u o‘ngga yo’naltirilgan strelka shaklini qabul qilgandan keyin sichqonchaning chap tugmachasini ikki marta bosish kerak; yana bir usuli — Abzats ustiga kursorni olib kelib, sichqonchaning chap tugmachasini uch marta bosish;
· butun hujjatni belgilash uchun kursorni matnning chap chetiga olib kelib, u o‘ngga yo‘naltirilgan strelka shaklini qabul qilgandan keyin sichkonchaning chap tugmachasini uch marta bosish kerak;
· kolontitullarni belgilash uchun «Вид» (Ko‘rinish) menyusidagi «Колонтитулы» buyrug‘ini tanlash lozim; «Разметка» (Belgilash) holatida turib, kolontitullar matni ustiga kursorni olib kelib, sichqonchaning chap tugmachasini ikki marta bosish kerak; sung kolontitulning chap chetiga kursorni olib kelib, u o‘ngga yo’naltirilgan strelka shaklini qabul qilgandan so‘ng, sichqonchaning chap tugmachasini uch marta bosish kerak;
· izohlar va xavovalarni (snoskalarni) belgilash uchun oynaning mos sohasida sichqonchani bosib, ko‘rsatkichni matnning chap chetiga olib kelib, u o‘ngga yo‘naltirilgan strelka shaklini qabul qilgandan so‘ng, sichqonchani uch marta bosish kerak;
· matnning vertikal blokini (jadval yacheykasi ichidagi matndan tashqari) belgilash uchun siljitish davomida ALT tugmachasini bosib turish kerak.
Amallarni bekor qilish. Bekor qilinishi zarur bo‘lgan amallar ruyxatini chiqarish uchun «Отменить» (Bekor qilish) tugmachasi oldidagi uchburchakli ko‘rsatkich bosiladi.
Sichqoncha bekor qilinishi kerak bo‘lgan amal ustida bir marta bosiladi.
Amalni bekor qilish jarayonida ro‘yxatda undan oldin turgan barcha amallar bekor qilinadi.
Oxirgi bekor qilingan amalni qayta bajarish uchun «Отменить» (Bekor qilish) tugmachasi bosiladi.
Rasmlar yoki matn parchasini ma’lum masofaga yoki boshqa hujjatga ko‘chirish, ulardan nusxa olish. Buning uchun ko‘chiriluvchi yoki nusxa olinuvchi matn parchasi yoki rasmni belgilab olish kerak.
Belgilangan parchani ko‘chirish uchun «Вырезать» (qirqib olish) tugmachasini bosish lozim.
Belgilangan parchadan nusxa olish uchun «Копировать» (Nusxa olish) tugmachasini bosish lozim.
Agar matn yoki rasmdan boshqa hujjatga nusxa olish kerak bo‘lsa — shu hujjatga o‘tiladi. Kursorni matn yoki rasm kiritiladigan joyga qo‘yiladi. «Вставить» (Kiritish) tugmachasi bosiladi.
Rasmlar yoki matn parchasini oyna ichida ko‘chirish, ulardan nusxa olish. Ko‘chirish uchun ko‘chiriluvchi yoki nusxa olinuvchi matn yoki rasmni avval belgilab olib, kerakli joyga siljitish (sichqonchaning chap tugmachasi bosilgan holda belgilangan matn parchasini yoki rasmni sudrab olib borish) lozim. Manzilga yetgach tugmacha qo‘yib yuboriladi. Agar qurilgan holatda faqat nusxa olish talab etilsa, siljitish davomida CTRL tugmachasini ham bosib ko‘rish kerak.
Undan tashqari belgilangan parchani siljitish uchun sichqonchaning o‘ng tugmachasidan foydalanish mumkin. Sichqoncha tugmachasi qo‘yib yuborilgandan sung ekranda ko‘chirish va nusxa olish buyruqlari paydo bo‘ladi.
Ahamiyat bergan bo‘lsangiz piktogrammalardagi buyruqlar to‘q qora (faollashgan) yoki kulrang (faollashmagan) holatda bo‘ladi. Bu narsa matn belgilangan yoki belgilanmaganligiga boliq. Faollashmagan buyruqlar bajarilmaydi.