Ызбекистон республикаси олий ва ырта махсус таълим вазирлиги


«Правка» (To‘g‘rilash) menyusidagi «Очистить»



Yüklə 1,64 Mb.
səhifə57/116
tarix07.01.2024
ölçüsü1,64 Mb.
#202599
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   116
INFORMA-lot (1 var)

«Правка» (To‘g‘rilash) menyusidagi «Очистить» (Tozalash) va «Выделить все» (Hammasini belgilash) buyruqlarida to‘xtalib o‘tamiz. «Очистить» buyrug‘i belgilangan matnni, jadvalni, rasm, diagrammani olib tashlaydi. «Выделить все» buyrug‘i butun matnni, uning ichiga kirgan jadval, rasm, diagrammalarni belgilab beradi.
Topish, almashtirish, o‘tish buyruqlari
Joriy matnda sizni qiziqtirayotgan matn parchasi (so‘z, xarf, son, gap, jumla va x.k.) bor yoki yo‘qligini aniqlash «Правка» (To‘g‘rilash) menyusidagi «Найти» (Topish) buyrug‘i yordamida amalga oshiriladi

Buning uchun ushbu oynaning «Найти» (Topish) darchasiga qidirilayotgan matn parchasi kiritiladi. Shundan so‘ng «Найти далее» (Keyingisini topish) tugmachasi bosilsa, kursor qidirilayotgan matn parchasi birinchi marta uchragan joyga o‘tib oladi.
«Правка» (To‘g‘rilash) menyusidagi «Заменить» (Almashtirish) buyrug‘i yuqorida keltirilgan oynaning almashtirish qismini ochib beradi (7.11-rasm).



«Заменить нa» (ga almashtirish) darchasiga yangi matn parchasi kiritiladi va «Заменить» (Almashtirish) tugmachasi bosiladi. Agar matn parchasi taxrir qilinayotgan matn­ning barcha uchragan joyida yangi matn parchasiga almashtirilishi talab etilsa — «Заменить все» (Hammasini almashtirish) tugmachasi bosiladi.
«Перейти» (O‘tish) buyrug‘i — kursorni talab etilgan obyekt (biror aniqraqamli sahifa, izox, xavova, qator va x.k.)ga olib o‘tadi.

Matnni bichimlash (formatlash).
Matnni taxrirlash jarayonida siz, albatta, bichimlash masalalariga duch kelasiz. Bichimlash deganda — matn ma’nosini o‘zgartirmay turib, uning shaklini o‘zgartirish tushuniladi. WORD muharririda bichimlash buyruqlari majmui Формат menyusida jamlangan.
Menyudagi birinchi buyruq «Шрифт»dir. Buyruq bajarilgandan so‘ng namoyon bo‘lgan oynadan (7.12-rasm) ko‘rinib turibdiki, u «Шрифт», «Интервал» va «Анимация» kabi uch qismdan iborat.



Shrift qismida matnda qo‘llaniladigan shrift to‘ri, o‘lchami, rangi, yozilish shakli (J, K, CH) tanlanadi. Undan tashqari, indekslarni yuqorida yoki pastda yozish, barcha harflarni katta qilib yoki soya bilan yozish va boshka amallar bajariladi. Barcha parametrlar tanlangandan so‘ng OK tugmachasi bosiladi. «По умолчанию» tugmachasi — kompyuter har yoqilganida avval tanlangan shrift, tanlangan parametrlar bilan (boshqa buyruq berilmaguncha) ishlatilishini ta’minlaydi.
Interval qismida xarflar o‘rtasidagi masofa, ularning siljishi o‘zgartiriladi.
Animatsiya qismida matnning belgilangan qismiga animatsion effektlar qo‘llaniladi. Buning uchun ruyxatdagi animatsiya effektlaridan biri tanlanib, so‘ng OK tugmachasi bosiladi.
Keyingi buyruq «Абзац» (Xat boshi) buyrug‘idir. Uning yordamida belgilangan abzatsning qatorlari orasidagi masofa ruyxatdan tanlab olish yuli bilan o‘zgartiriladi.

Shu bilan birga matnning chap va o‘ng chegara buyicha, markazda, butun en bo‘yicha tekislash piktogrammasi
hamda chap va o‘ngga siljishlar piktogrammasi
ham ishlatiladi.
«Список» (Ruyxat) buyrug‘i bajarilishi natijasida belgilangan abzatslarga tartib raqamlari yoki markerlar (biror belgi) qo‘shib qo‘yiladi (7.13-rasm).

Buning uchun namoyon bo‘lgan oynada «Изменить» tugmachasi bosiladi. Natijada oyna ko‘rinishi o‘zgaradi va unda Marker tugmachasini bosib, qoxlagan belgini tanlab olish kifoya. Tartib raqamlarini o‘rnatishda o‘xshash amallar bajariladi.
Piktogrammalar qatorida bu buyruqqa quyidagi rasmchalar mos keladi.

Yüklə 1,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin