Ызбекистон республикаси олий ва ырта махсус таълим вазирлиги


«Номер на первой странице»



Yüklə 1,64 Mb.
səhifə59/116
tarix07.01.2024
ölçüsü1,64 Mb.
#202599
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   116
INFORMA-lot (1 var)

«Номер на первой странице» (Birinchi sahifa nomeri) darchasiga belgisi quyilsa, hujjatning birinchi sahifasiga tartib raqami qo‘yiladi. Barcha o‘zgartirishlar kiritilganidan keyin OK tugmachasi bosiladi.
Hujjatga sana quyish uchun «Вставка» (quyish) menyusidagi «Дата и время» (Sana va vaqt) buyrug‘ini ishlatish lozim. «Формат» darchasida sana va vaqt turini tanlab olib, OK tugmachasini bosasiz.
Kompyuterning klaviaturasiga yaxshilab e’tibor bersangiz, o‘ndagi simvollar soni cheklanganligiga ishonch hosil qilasiz. Matnni terayotganingizda, deylik, ± simvoli kerak bo‘lib qoldi. Bunday hollarda terishni to‘xtatib turgan holda «Символ» (Belgi) buyrug‘ini ishlating (7.17-rasm).
Hosil bo‘lgan buyruq oynasidan kerakli simvolni belgilab «Вставить» (quyish) tugmachasini bosing. Agar kerakli simvol topilmasa, «Шрифты» (Shriftlar) darchasidan boshqa shrift tanlang. Izlagan topadi deganlaridek, talab etilayotgan simvol albatta topiladi, uni belgilab «Вставить» (Qo‘yish)

tugmachasini bosing. Oynani yopish uchun «Закрыть» (Yopish) tugmachasi bosiladi.


«Вставка» (quyish) menyudagi «Рисунок» (Rasm) buyrug‘i yordamida matnga grafik obyektlar kiritish mumkin -rasm­lar, diagrammalar, avtofiguralar, skanerda nusxa olingan fotorasmlar.
Tartib bilan buyruqda uchragan bo‘limlarni ko‘rib chiqaylik. «Картинки» (Tasvirlar) bo‘limida — Clip Callery ilovasidan rasm tanlab, kerakli joyga quyiladi. Buning uchun rasm kiritilishi lozim bo‘lgan joyga sichqoncha ko‘rsatkichini olib boring. «Рисунок» (Rasm) buyrug‘ining «Картинки» (Tasvirlar) bo‘limini faollashtiring.
Namoyon bo‘lgan oynada (7.18-rasm) Grafika (Clip Art) qismini tanlang. Sizga zarur bo‘lgan rasmlar kategoriyasini belgilab, paydo bo‘lgan rasmlardan manzuri ustida sichqonchaning chap tugmachasini ikki marta bosing. Rasm kerakli joyga borib tushadi. Rasm talab etilgan o‘lchovda bo‘lmasa, uning ustida bir marta sichqonchani bosib, namoyon bo‘lgan ramkada kvadratchalar ustiga sichqoncha ko‘rsatkichini olib boring, ko‘rsatkich shakli o‘zgaradi. Sichqoncha tugmachasini quyib yubormasdan kerakli tomonga sudrang. Sung matn ustida sichqonchani bir marta bossangiz, rasm atrofidagi ramka yuqolib ketadi (7.19-rasm).
Buyruqning «Из файла» (Fayldan) bo‘limi yordamida kompyuterdagi yoki disketadagi ixtiyoriy jildda joylashgan grafik faylini matnga kiritish mumkin.

Yüklə 1,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin