Ызбекистон республикаси олий ва ырта махсус таълим вазирлиги


Microsoft Excel dasturini ishga tushirish



Yüklə 1,64 Mb.
səhifə67/116
tarix07.01.2024
ölçüsü1,64 Mb.
#202599
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   116
INFORMA-lot (1 var)

Microsoft Excel dasturini ishga tushirish
Microsoft Excel dasturini bir necha usul bilan ishga tushirish mumkin:
1. Ish stoli menyusidan quyidagilarni bajarish orqali:
««Пуск»»—«Программы»—«Microsoft Excel» (1-rasm).

2. Microsoft Excel da yozilgan ixtiyoriy hujjatni ochish yordamida
(2-rasm), bunda Excel dasturi avtomatik ravishda ishga tushiriladi.

Microsoft Excel ishga tushirilgandan so‘ng ekranda ikkita darcha hosil bo‘ladi - ilovalar darchasi va hujjatlar darchasi (3-rasm).



Ilovalar darchasining asosiy elementlari
1. Sarlavhalar qatori. Bunda dasturning nomi, joriy (ayni vaqtda ish yuritilayotgan) ishchi kitobining nomi beriladi.

Shu qatorning o‘ng yuqori burchagida darchaning tashqi ko‘rinishini o‘zgartiruvchi uchta boshqaruv tugmasi joylashgan.

1) Ish olib borilayotgan ekranni (dasturni) vaqtincha yopish. Bunda yopilgan dastur ««Пуск»» menyusi qatorida paydo bo‘ladi.

2) Ish olib borilayotgan muloqat darchasini ekranda to‘liq yoki dastlabki holatga keltirish tugmasi

3) Ish olib borilayotgan muloqat darchasini yopish tugmasi




  1. menyu qatori (gorizontal menyu). Unda quyidagi bo‘limlar mavjud -«Файл» (Fayl), «Правка» (To‘g‘rilash), «Вид» (Ko‘rinish), «Вставка» (qo‘yish), «Формат» (Bichim), «Servis» (Xizmat ko‘rsatish), «Danno‘ye» (Ma’lumotlar), «Okno» (Oyna), «Справка» (Ma’lumotnoma). Ulardan biri bilan ishlash uchun qatordagi ixtiyoriy bo‘lim ustiga sichqoncha ko‘rsatkichini olib kelib bosiladi, natijada tanlangan bo‘lim menyusi elementlari ro‘yxati ochiladi. menyular bilan ishlash Microsoft Excel ning asosiy buyruqlarini berish usullaridan biri hisoblanadi.


3. Uskunalar paneli.
a) Standart uskunalar paneli buyruqlarni ko‘rsatuvchi, gorizontal menyuning standart buyruqlarini takrorlovchi tugmalardan (piktogrammalar)dan iborat.



b) Bichimlash uskunalari paneli, buyruqlarni ko‘rsatuvchi va kiritilayotgan axborotlarni bichimlashga imkon beruvchi tugmalardan iborat.

4. Formulalar qatori. Microsoft Excel ga ma’lumotlar kiritilayotganda barcha axborotlar, matnlar, sonlar va formulalar mana shu qatorda aks ettiriladi.



5. Nom maydoni. Bu maydonda joriy ishchi kitobning faol yacheykalarining manzili va nomi ko‘rsatiladi. Nom maydoni diapazon (yacheykalar guruhi)ga yoki tanlangan yacheykaga tezda nom berish uchun ham ishlatiladi. Agar sichqoncha ko‘rsatkichini nom maydonidan o‘ng tomonda joylashgan strelka ustiga olib borib sichqonchaning chap tugmasini bossak, unda faol ishchi kitobidagi nomlangan yacheykalar va diapazonlarning ( agar ular mavjud bo‘lsa) hamma nomlarini birma-bir ko‘rib chiqish mumkin.


6. Holat qatori. Unda yacheykaga tegishli turli ma’lumotlar ko‘rsatiladi.



Yüklə 1,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin