Ызбекистон республикаси олий ва ырта махсус таълим вазирлиги


Yacheyka yoki diapazondagi ma’lumotlarni



Yüklə 1,64 Mb.
səhifə75/116
tarix07.01.2024
ölçüsü1,64 Mb.
#202599
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   116
INFORMA-lot (1 var)

Yacheyka yoki diapazondagi ma’lumotlarni
almashtirish
Yacheyka yoki diapazon ma’lumotlarini boshqa yacheykalarga olib o‘tish vaqtida bu ma’lumotlarni boshqasiga almashtirish ham mumkin. Buning uchun yacheyka yoki diapazon ajratib olinadi va sichqoncha ko‘rsatkichi bu yacheyka yoki diapazon chegaralaridan biriga olib kelinadi. Sichqoncha ko‘rsatkichi o‘rnida strelka paydo bo‘lgandan so‘ng kerakli yacheykaga olib (sudrab) o‘tiladi va sichqoncha tugmasini qo‘yib yuboriladi. Bunda oldingi yacheykadagi ma’lumotlar keyingi yacheykaga almash inadi. Bunday ko‘chirish vaqtida Ctrl tugmasi bosilmaydi.
Avtoto‘ldirish (avtomatik to‘ldirish) markeri
Excelda shunday bir maxsus imkoniyat borki, bu avtomatik to‘ldirish deb ataladi. Avtomatik to‘ldirish diapazon yacheykalariga sonli qiymatlarni va matn elementlarini kiritishni osonlashtiradi. Buning uchun to‘ldirish markeri ishlatiladi. U faol yacheykaning o‘ng burchagida joylashgan kichik kvadratdan iborat. Ayrim hollarda yacheyka ichidagi ma’lumotlarni qo‘shni yacheyka (diapazon)ga ko‘chirishga ham to‘g‘ri keladi. qo‘shni yacheyka yoki diapazonga ko‘chirish usullaridan biri tanlangan yacheykalar to‘plamini to‘ldirish markerini olib o‘tishdir. Bunda Excel berilgan yacheykalardagi ma’lumotlarni olib o‘tishda ajratib ko‘rsatilgan yacheykalarga nusxasini ko‘chiradi.
To‘ldirish markerining asosiy xususiyati — uning yordamida qator yoki ustunlarga berilgan kattaliklarni kamayib va o‘sib boradigan sonlar yoki sanani oson va tez kiritishni ta’minlashdir.
Masalan, S ustunga birinchi unta juft sonlarni kiritish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
· S1 va S2 yacheykalarga mos ravishda birinchi 2 ta juft sonni kiritish.
· Har ikkala yacheykani ajratish.
· Avtoto‘ldirish markerini sakkiz yacheyka pastga olib o‘tish.
5. Excel da formula va funktsiyalar bilan ishlash
Formula — bu mavjud qiymatlar asosida yangi qiymatlarni hisoblovchi tenglamadir. Formulalar yordamida elektron jadvalda ko‘pgina foydali ishlarni amalga oshirish mumkin. Elektron jadvallar formulalarsiz oddiy matn muharririga aylanib qoladi. Formulalarsiz elektron jadvallarni tasavvur qilish qiyin.
Jadvalga formulani qo‘yish uchun uni kerakli yacheykaga kiritish kerak. Formulalarni ham boshqa ma’lumotlar singari o‘zgartirish, saralash, ulardan nusxa ko‘chirish va o‘chirish mumkin. Formuladagi arifmetik amallar sonli qiymatlarni hisoblashda, maxsus funktsiyalar matn­larni qayta ishlashda hamda yacheykadagi boshqa qiymatlarni hisoblashda ishlatiladi.
Sonlar va matnlar. Formuladagi hisoblashlarda qatnashayotgan sonlar va matnlar boshqa yacheykalarda joylashgan bo‘lishi mumkin bo‘lsa-da, ularning ma’lumotlarini oson almashtirish mumkin. Masalan, Excel boshlang‘ich ma’lumotlar o‘zgartirilsa, formulalarni qayta hisoblab chiqadi.
Formula qo‘yidagi elementlardan ixtiyoriysini o‘z ichiga olishi mumkin:
Operatorlar. Bittadan oshiq operatordan tuzilgan formulani tuzishda Excel bu operatorlarni tahlil qiladi. Bunda standart matematik qoidalarga asoslanadi. (Arifmetik amallarni bajarish tartibi saqlanib qoladi.)
Excelda formulalarni hisoblash va bajarish quyidagi tartib asosida amalga oshiriladi -
Birinchi bo‘lib qavs ichidagi ifodalar qarab chiqiladi.
Undan keyin amallar bajarish tartibi saqlangan holda operatorlar bajariladi.
Agar formulalarda bir xil tartibli bir necha operatorlar bo‘lsa, ular ketma-ket chapdan o‘ngga qarab bajariladi.
quyidagi jadvalda formulalarda qo‘llaniladigan operatorlarning bajarilish tartibi ko‘rsatilgan.


Diapazon va yacheykalarga yuborish — kerakli ma’lumotlarni saqlovchi diapazon va yacheykalar nomi yoki manzili ko‘rsatiladi. Masalan -D10 yoki A1:YE8.
Sonlar.
Ishchi jadval funktsiyalari. Masalan, SUM.
Agar formula yacheykaga kiritilsa, unda yacheykada kiritilgan formula asosidagi hisob-kitob natijasi ko‘rinadi. Lekin formulaning o‘zi tegishli yacheyka faollashtirilsa formulalar qatorida paydo bo‘ladi.
Formulalar xar doim «q» belgisi bilan boshlanadi. Ushbu belgi yordamida Excel matn va formulalarni farq­laydi.
Yacheykaga formulalarni kiritishning ikkita usuli mavjud:
1. Formulani klaviatura orqali kiritish -«q» belgisini qo‘yib, keyin formulalar kiritiladi. Kiritish paytida belgilar formulalar qatorida hamda faollashgan yacheykada paydo bo‘ladi. Formulalarni kiritishda odatdagi tahrirlash tugmalaridan foydalanish mumkin.
2. Yacheykalar manzilini ko‘rsatish yo‘li bilan formulalar kiritish -Bu usulda ham formulalar klaviaturadan kiritish orqali, lekin kamroq foydalangan holda amalga oshiriladi. Ushbu usulda yacheykalar manzilini kiritish o‘rniga ular ko‘rsatiladi, holos. Masalan, A3 yacheykaga qA1QA2 formulasini kiritish uchun quyidagilarni bajarish kerak.

Yüklə 1,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin