Ызбекистон республикаси олий ва ырта махсус таълим вазирлиги



Yüklə 1,64 Mb.
səhifə73/116
tarix07.01.2024
ölçüsü1,64 Mb.
#202599
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   116
INFORMA-lot (1 var)

· Sichqoncha ko‘rsatkichini yacheykaga keltirib, chap tugmasi ikki marta tezlikda bosiladi. Bu usul ma’lumotlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri tahrirlash imkonini beradi.
· F2 tugmasini bosish orqali. Bu ham yacheykadagi ma’lumotlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri tahrirlash imkonini beradi.
· Tahrirlash kerak bo‘lgan yacheykani faollashtirish va sichqoncha ko‘rsatkichi yordamida kursorni formulalar katoriga keltirib tahrirlash. Bu ma’lumotlarni formulalar qatoridan turib tahrirlash imkonini beradi.
Ma’lumotlarni tahrirlashda yuqorida keltirilgan usullardan ixtiyoriy birini ishlatish mumkin. Ayrim foydalanuvchilar yacheykadagi ma’lumotlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri tahrirlash usulidan, ayrimlari esa formulalar qatoridan turib tahrirlash usulidan foydalanadilar.
Bu barcha qilingan ishlar formulalar qatoridagi uchta tugma (piktogramma) paydo bo‘lishiga olib keladi.
· Kiritilgan o‘zgartirishlar
tugmasini bosish bilan tasdiqlanadi.
· Agarda oldingi holatga kaytmoqchi bo‘linsa
tugmasi bosiladi.
· Ishchi jadvaldagi formulalar bilan ishlashda
tugmasidan foydalanish ishni ancha osonlashtiradi.
Yacheykalarni tahrirlash oddiy holatda amalga oshirilib, matnda jadval kursori matn kursoriga aylanadi va uni boshqarish tugmalari yordamida siljitish mumkin bo‘ladi. Siz tahrir qilingandan keyin oldingi holatga qaytmoqchi bo‘lsangiz, «Правка» (To‘g‘rilash) — «Отменить» (Bekor qilish) buyrug‘ini yoki Ctrl+Z tugmalarini barobar bosing. Shunda yacheykadagi boshlang‘ich ma’lumotlar qayta tiklanadi. Ma’lumotlarni qayta tiklash boshqa amallarni bajarmasdan tezlikda qilinishi kerak. Aks holda, ya’ni boshqa ma’lumotlar kiritilsa yoki boshqa buyruqlar bajarilsa, orqaga qaytish amalga oshmaydi.
Nusxa ko‘chirish
Ayrim hollarda bir yacheykadagi ma’lumotlarning nusxasini boshqa yacheykaga yoki diapazonga o‘tkazishga to‘g‘ri keladi. Bu ishlarni elektron jadvalda nusxalash buyrug‘i orqali amalga oshirish mumkin.
Nusxa ko‘chirish bir necha usulda amalga oshiriladi.

Yüklə 1,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin