· Yacheykadagi ma’lumotlarni boshqa yacheykaga ko‘chirish.
· Yacheykadan ma’lumotlarni diapazonga ko‘chirish. Bunda belgilangan diapazonning xar bir yacheykasida ko‘chirilayotgan yacheyka ma’lumotlari hosil bo‘ladi.
· Diapazondan diapazonga ko‘chirish. Diapazon o‘lchamlari bir xilda bo‘lishi kerak.
Yacheykadan nusxa ko‘chirishda uning ichidagi ma’lumotlar va o‘zgaruvchilar bilan birga barcha bichimlash atributlari ham ko‘chiriladi.
Nusxalash ikki bosqichda amalga oshiriladi:
1. Nusxa kuchirish uchun yacheyka yoki diapazonni ajratish va uni buferga ko‘chirish.
2. Jadval kursorini nusxa joylashtirilishi kerak bo‘lgan diapazonga o‘tkazish va buferga kuchirilgan ma’lumotlarni unga quyish.
Olingan nusxa tegishli yacheyka yoki diapazonga qo‘yilgandan keyin Excel bu yacheykadan ma’lumotlarni yo‘qotadi. Shuning uchun agar yacheykadagi oldingi axborotlar zarur bo‘lsa darhol «Правка» (To‘g‘rilash) —«Отменить» (Bekor qilish) buyrug‘ini berish yoki Ctrl+Z tugmalarini baravar bosish kerak.
Uskunalar paneli yordamida nusxalash Nusxa ko‘chirish amalini bajarish uchun standart uskunalar panelida 2 ta tugma (piktogramma) mavjud. Bo‘lar nusxalanayotgan ma’lumotlarni cho‘ntakka olish (buferga nusxa olish) va cho‘ntakdan chiqarish (buferdan nusxani chiqarish) tugmalaridir, ya’ni
Копировать в буфер va Вставить из буфера Agar sichqoncha ko‘rsatkichi cho‘ntakka olish Копировать в буфер (Buferga nusxa olish) tugmasiga olib kelgan holda bosilsa, ajratilgan yacheykadagi ma’lumotlar cho‘ntakka olinadi. Shundan so‘ng qo‘yiladigan yacheyka faollashtirilib, chuntakdan chiqarish Вставить из буфера (Buferdagi nusxani qo‘yish) tugmasiga sichqoncha ko‘rsatkichi olib kelib bosiladi.
Sudrab olib o‘tish amali orqali nusxa ko‘chirish Excelda nusxa ko‘chirish kerak bo‘lgan yacheyka yoki diapazondan ma’lumotlarni sudrab olib o‘tish orqali nusxa ko‘chirishni amalga oshirish mumkin. Nusxa kuchirish kerak bo‘lgan yacheyka (diapazon) ni ajratib, undan keyin sichqoncha ko‘rsatkichini yacheyka (diapazon) chegaralaridan biriga olib keling. Ko‘rsatkich strelkaga aylanganidan so‘ng Ctrl tugmasini bosing. Ko‘rsatkichda qo‘shimcha «Q» belgisi hosil bo‘ladi. Shundan so‘ng ma’lumotlarni tanlagan yacheykangizga sudrab olib o‘tishingiz mumkin. Olib utilayotganda Ctrl tugmasi bosib turiladi. Shunday holatda oldingi yacheykadagi ma’lumotlar saqlanib qoladi. Ctrl tugmasi bosilmasa oldingi yacheyka ma’lumotlari o‘zida saqlanmay, keyingi yacheyka ma’lumotiga aylanib qoladi.