Ызбекистон республикаси олий ва ырта махсус таълим вазирлиги


Excel da ichki obyektlar bilan ishlash



Yüklə 1,64 Mb.
səhifə82/116
tarix07.01.2024
ölçüsü1,64 Mb.
#202599
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   116
INFORMA-lot (1 var)

7. Excel da ichki obyektlar bilan ishlash
Excel dasturining ichki obyektlariga «Вставка» menyusining «Диаграмма» va «Рисунок» bandlari kiradi.
Diagrammalar grafiklar deb ham ataladi. Ular elektron jadvallarning ajralmas qismidir.
Diagramma – sonli jadval ko‘rinishida berilgan axborotlarni ko‘rgazmali namoyish etish usulidir.
Ma’lumotlarni diagramma shaklida namoyish etish bajarilayotgan ishni tez tushunishga va uni tez xal qilishga yordam beradi. Jumladan, diagrammalar juda katta uajmdagi sonlarni ko‘rgazmali tasvirlash va ular orasidagi aloqadorlikni aniqlashda juda foydalidir.
Diagrammalar asosan sonlar bilan ish yuritadi. Buning uchun ishchi jadval varag‘iga bir necha son kiritiladi, so‘ng diagramma tuzishga kirishiladi. Odatda diagrammalar uchun foydalanilayotgan ma’lumotlar bir joyda joylashgan bo‘ladi. Ammo bu shart emas. Bitta diagramma ma’lumotlarni ko‘p sonli ishchi varaqlar va uatto ishchi kitoblardan uam olishi mumkin.
Excelda tuzilgan diagrammalarni joylashtirishning ikki xil varianti mavjud:

  1. Diagrammani varaqning ichki elementi sifatida bevosita varaqqa qo‘yish. (Bu diagramma joriy qilingan diagramma deb ataladi. )

  2. Ishchi kitobning yangi diagrammalar varag‘ida diagramma qo‘yish. Diagramma varag‘i ishchi kitobning varag‘idan bitta diagrammani saqlashi va yacheykalari bo‘lmaganligi bilan farq qiladi.

Agar diagramma varag‘i faollashtirilsa, unda Excel menyusi u bilan ishlash uchun mos uolda o‘zgaradi.
Diagrammani joylashtirish usullaridan qat’i nazar, diagramma qurish jarayonini bevosita boshqarish mumkin. Ranglarni o‘zgartirish, shkala masshtabini o‘zgartirish, to‘r (setka) chiziqlariga qo‘shimchalar kiritish va boshqa elementlarni qo‘llash mumkin.
Excel diagrammasi ishchi jadval varag‘ining ma’lumotlari bilan bevosita bog‘liq. Ishchi jadval varag‘idagi ma’lumotlar o‘zgartirilsa, tezda ularga bog‘liq bo‘lgan diagramma chiziqlari o‘zgaradi. Diagrammalarning bir necha xil turlari mavjud:

  • chiziqli

  • doiraviy

  • grafikli

  • halqasimon

  • dumaloq

  • va boshqalar

Excelda diagrammalarning ixtiyoriy turini tuzish mumkin. Ayrim diagrammalar juda murakkab shakllarni uam aks ettiradi. Masalan, konusli, silindrli piramidali va h. k.
Diagrammalar uosil qilingandan keyin u o‘zgarmas xolatda bo‘lmaydi, balki uar doim uning haklini o‘zgartirib turish va maxsus bichimlash atributlarini qo‘shish, yangi ma’lumotlar to‘plami bilan to‘ldirish, mavjud ma’lumotlar to‘plamini boshqa diapazon yacheykalardan foydalaniladigan qilib ma’lumotlarni o‘zgartirish mumkin.
Boshqa grafik obyektlar kabi diagrammalarni bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirish uam mumkin. Uning o‘lchamlarini, nisbatlarini o‘zgartirish, chegaralarini to‘g‘rilash va ular ustida boshqa amallarni bajarish uam mumkin. Joriy qilingan diagrammaga o‘zgartirishlar kiritish uchun sichqonchaning chap tugmasini ikki marta bosish kerak bo‘ladi. Bunda diagrammalar faollashib, Excel menyusi diagrammalar bilan ishlash uchun kerakli buyruqlarni ko‘rsatadi. Joriy qilingan diagrammalarning asosiy afzalligi shundaki, ularni diagramma tuzish uchun foydalanilgan ma’lumotlar yoniga joylashtirish mumkin.
Alouida varaqda joylashtirilgan diagrammalar butun varaqni egallayji. Agar bir necha diagramma to‘zmoqchi bo‘lsangiz, unda har birini alouida varaqlarga joylashtirish maqsadga muvofiq. Shunda varaqdagi diagrammalarning «ko‘rinarlilik darajasi» saqlanadi.
Excelda diagrammalar yasash uchun avval kerakli ma’lumotlar kiritiladi. Keyin quyidagi usullarda diagrammalar tuziladi:

  1. Вставка menyusining diagramma bandi orqali

  2. Uskunalar panelining «Мастер диаграмм» (Diagrammalar ustasi) piktogrammasi orqali



Diagrammaning asosiy elementlari:
a) diagrammani yaratishda ishchi varaqda ajratilgan yacheykalarning qiymatlari foydalaniladi va Excel ularni ma’lumotlarning elementlari (manbasi ishchi varaq katakchalaridan iborat bo‘lib, diagrammada ifodalangan alohida qiymatlar) ko‘rinishida ifodalaydi. Ma’lumotlarning elementlari (masalan, o‘zgarish foizi) yo‘l, chiziq, ustun, sektor, nuqta yoki boshqa ko‘rinishida tasvirlanishi mumkin.
Boshqacha qilib aytganda, bu shakllar ma’lumot markerlari deb ataladi (Shu yerda albatta diagrammalarning har qil turlari misolida markerlarga namunalar keltiring).








Yüklə 1,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin