3.Uzluksiz (solid) arxivlar
Bir xildagi katta sonli fayllarni ta hlashda ixchamlashishi darajasining sezilarli darajada oshishi uchun oddiy emas, uzluksiz arxiv yaratish kerak. Uzluksiz arxivda har bir faylni ta hlashda (birinchisidan tashqari) oldingi fayllardagi axborot qo‘llaniladi. Shu sababga ko‘ra bu turdagi arxivlarni modifikatsiyalash mumkin emas. Oddiy arxivlarga nisbatan siqilish darajasida yutish faylning o‘rtacha o‘lchami qanchalik kichik va uning soni qancha katta bo‘lishiga bog‘liq. Katta paketlarda yutish 2-15%, ayrim hollarda arxiv o‘lchamini kichrayishi 1,5-2 marta kuzatiladi. Shuningdek, uzluksiz arxiv tomlari va uzluksiz o‘zi ochiluvchi arxiv tomlari yaratish mumkin. Arxiv tomlari birinchi paketdan ketma - ketlikka rioya qilib boshlash kerak. Taklif qilinayotgan uslubning asosiy kamchiligi shundaki, bir faylni ochish uchun arxivator barcha fayllarni ishlashi kerak (bunda xabar beriladi) -Skipped “fayl nomi”. Shuning uchun uzluksiz arxiv tomlarini butun arxivni ochish taklif qilingan hollarda dasturlarning katta paketlarini yetkazish uchun (bu holda uzluksiz o‘zi ochiluvchi arxiv tomlari qulay) qo‘llanilishi mumkin.
Fayllardan biri zararlanganda uzluksiz arxivda, undan keyin keluvchi fayllardagi axborot ham yaroqsiz bo‘lib qoladi. Agar uzluksiz arxiv tuzilishida (shuningdek arxiv tomlarini yaratishdagi kabi) fayli ixchamlash kerakli natija bermasa (taxlangan o‘lchami dastlabkidan katta), u holda faylni qayta yodlash amalga oshmaydi. Bunday arxivlarda fayl o‘lchami dastlabkisidan oshiq bo‘lishi mumkin. Bunday holat fayllar arxivatori (zichlangan) ta hlanganda yuzaga keladi. Ta hlanish (zichlashish) darajasini oshirish uchun fayllar uzluksiz arxivga qo‘shilishida fayllar kengayish bo‘yicha sortlanadi (navlanadi).
4. Tashqi arxivlar bilan ishlash.
To‘la ekranli tartibda RAR, ZIP, ARJ, LZH formatlarda ishlash imkoniyatini beradi.
Bu arxivlar uchun quyidagi operatsiyalar amal qiladi:
ZIP:
— kichik kataloglar tuzish uchun ochish;
— joriy kichik kataloglash uchun ochish;
— arxivni testlash;
— arxivdan fayllarni chiqarish;
— arxivdagi fayllarni to‘randa ko‘rib chiqish;
— arxivga izohlarni ko‘shish;
— arxiv fayllariga izohlarni qo‘shish;
LZH:
— kichik kataloglar tuzish uchun ochish;
— joriy katalogga ochish;
— arxivni testlash;
— fayllarni arxivdan chiqarish;
— arxivdagi fayllarni to‘la ekranli tomosha qilish;
— SFX arxivlar tuzish;
Bunday arxivlar uchun oddiy shaklda shartli so‘z (parol) belgilash (ALT-P) va vaktinchalik fayllar kichik katalogi (ALT-W) berilishi kerak. ZIP, Arj, LZH arxivlarni oddiy ko‘rinish uchun bir dona RAR arxivatori yetarli, lekin tegishli dasturlar (PKUNZIP va PKZIP,ARJ, ZHA) arxiv operatsiyalarini bajarish uchun PATH da qayd qilinishi kerak.
RAR NC foydalanuvchilariga RAR, ZIP, ARJ, LZH arxivlari bilan samarali ishlash imkonini beradi. Buning uchun Exebition File (NC Exi) ga:
RAR -rar en!.
ZIP -rar en !.
ARJ -rar en !.
LZH -rar en !. larni qo‘shish va tegishli arxivlarni qayta ishlash Enter tugmachasini bosish bilan amalga oshiriladi.
Izoh:
LZH turidagi arxivlar uchun RAR, shuningdek ICE kengayishini ta’minlaydi.
Boshqa arxivatorlar tomonidan yaratilgan SFX arxivlari bilan ishlash qo‘llab-quvvatlamaydi. LZH arxiv bilan ishlashda faqat standart nom qo‘llaniladi (kalitG‘n2).
Yakunlash kodlari:
0 - succes - muvaffaqiyatli yakun;
1 - wasning- ish paytida nofatal xatolar yuzaga kelgan;
2 - fatal error- fatal xato;
3 - CRC error- nazorat summaning xatolarini ochishda yuzaga kelgan;
4 - locked Arhive- k komandasi (buyrug‘i) bilan himoyalangan arxivni modifikatsiyaga urinish;
5 - write error- diskka yozish xatosi;
6 - open error - faylni ochish xatosi;
7 - user error - kiritish buyrug‘ining sintaksis xatosi;
8 - memory error - testlashda xotira o‘zilishlari yoki xotira kamligi;
9 - user break - foydalanuvchi talabi bilan chiqish.
Dostları ilə paylaş: |