Diagrammani formatlash. Diagrammaga ixtiyoriy o‘zgartirishlar kiritish uchun dastlab uni faollashtirish kerakligini ta’kidlab qo‘yish kerak. Diagramma faol bo‘lganda, uning barcha buyruqlariga murojaat qilish imkoniyati tug‘ilib, diagramma komponentlarini ajratish va unga kerakli o‘zgartirishlar kiritish mumkin bo‘ladi.
Diagrammani faollashtirish:
foydalanilayotgan diagramma faqat «sichqoncha» yordamida faollashtiriladi (diagramma bo‘yicha ikki marta tugma bosiladi);
diagramma varag‘ini faollashtirish uchun zarur bo‘lgan varaq bo‘yicha bir marta «sichqon» tugmasi bosiladi;
(11-rasm) Diagramma elementlarini formatlash usullari. a) kontekstli menyu yordamida:
«sichqoncha» tugmasini ikki marta bosish bilan diagramma yoki diagramma komponentini ajratish zarur. «Sichqoncha» ning o‘ng tugmasi bosilib, kontekstli menyu paydo bo‘lganda, uning chap tugmasini bosib, zarur buyruq tanlanadi.
b) Формат menyusi yordamida: diagramma yoki uning komponentini ajratib, Формат menyusi ochiladi. Birinchi buyruq ajratilgan komponentga mos keladi «Sichqoncha» ning chap tugmasi bilan buyruq bo‘yicha amalga oshirish yoki ENTER tugmasini bosish kerak. Formatlashning muloqotli oynasida odatda bir necha varaq bo‘lib, ularning soni va vazifasi ajratilgan komponentga bog‘liq (yaratilgan diagramma misolida formatlash jarayoni ko‘rsatilsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi).
8. Excel da tashqi obyektlar bilan ishlash
Excel da tayyorlangan hujjatga biror obyekt (masalan, Worddagi matn, Corel Draw tasviriy obyekt)ni kiritmoqchi bo‘lsak, u holda menyuning «Вставка» (Insert) punktida Объект buyrug‘ini ishga solamiz. Ekranda muloqot oynasi hosil bo‘ladi.
(12-rasm) Ikki hil variantda obyektni (EJ) ga kiritish mumkin: