12-ma’ruza.
Kompyuter viruslari va unga qarshi vositalar.
Reja:
1.Kompyuter viruslaridan himoyalanishning asosiy uslublari.
2.Antivirus (virusga qarshi) dasturlar.
Kompyuter viruslaridan himoyalanishning asosiy uslublari.
Kompyuter viruslaridan himoyalanish uchun axborot himoyasining umumiy vositalari ishlatilishi mumkin, ular iste’molchilarning noto‘g‘ri qatti – harakatlari va noto‘g‘ri ishlovchi dasturlar disklarning jismoniy buzilishlaridan ham sug‘urtalar hisoblanadi. Viruslardan zararlanish eqimolini kamaytirishga yordam qilish profilaktik choralari mavjud. Viruslardan himoyalanish maxsus dasturlarini bir necha turlarga bo‘lish mumkin:
DETEKTORLAR - zararlangan fayllarni aniqlash imkonini beradi;
DOKTORLAR (SHIFOKORLAR) - zararlangan dasturlarni davolaydi;
TAFTISHCHI - dasturlar holatini avval yod olib, dastlabkisi bilan solishtiradi;
FILTRLAR -
VAKSINA-DASTURLARI - dasturlarni modifikatsiya qiladi, bu jarayon dastur ishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatmaydi, vaholanki virus unga qarshi vaksinatsiya qilinganligini bilmaydi va ushbu dasturlarni zararlangan deb hisoblaydi.
Virusga karshi dasturlar haqida umumiy ma’lumotlar -
Aidstest, Dr.Web, Adinf dasturlari virusga qarshi kompleks tarkibga kirib, u “Dialog–Nauka” firmasi tomonidan almashtirib, yangilab turiladi. Aidtest, Dr.Web - detektor dastur hisobalanadi, ular kompyuter xotirasi va fayllarida viruslarni aniqlash va yo‘qotish uchun qo‘llaniladi. Ular faqat o‘ziga tanish viruslarnigina aniqlay oladi, shuning uchun ularning matnini o‘zgartirib turish kerak. Adinf dastursi taftishchi dastur hisoblanadi, u fayllar va disklar holatini eslab qoladi, keyingi kiritilishida diskdagi o‘zgarishlarni foydalanuvchiga ma’lum qiladi.
Aidtest, Dr.Web, Adinf ni birgalikda qo‘llash uchun tegishli imkoniyatlar ko‘zda tutilgan. Masalan -diskdagi fayllarning Adinf taftishchisi bilan tekshirishi mumkin so‘ng Adinf Dr.Web dasturlari vositasida faqat yangi o‘zgartirilgin fayllarni tahlil qilish imkonini beradi. Bu tekshiruv vaqtini kamaytiradi.
Hozirgi kunda viruslarga qarshi «SYMANTEC» korporatsiyasining «Norton AntiVirus» dasturi keng qo‘llanilmoqda. Buning asosiy sabablaridan biri uni Windows operatsion sistemasida ishlashga moslashtirilganligi va qulayligi hamda viruslarni ko‘p versiyalarini davolay olishidir.
Dostları ilə paylaş: |